BURCHOQ (Lathyrus sativus L.) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik oʻsimlik. Poyasi 4 qirrali, bargi juft patsimon, murakkab, gullari zangori, pushti, qizil, binafsha. Dukkaklari uzunchoq va bir oz yassi, 4—7 urugʻli. Oʻzbekiston hududida yovvoyi holda ham oʻsadigan 12 turi koʻp uchraydi. Burchoq asosan yemxashak ekini boʻlib, don, koʻkpoya, pichan olish va silos bostirish hamda chorvani oʻtlatish uchun ekiladi. Uning donlarida oqsil moddasi noʻxat va oʻris noʻxatga nisbatan koʻp boʻladi. Urugʻida 2430% oqsil, 0,81,5% moy, 5055% kraxmal, 3—6% kletchatka, 2,1 — 4% kul bor.
Burchoq juda toʻyimli ozuqa. Tuproqda azot toʻplovchi oʻsimlik. Rossiyaning Yevropa qismida, Gʻarbiy Sibirda, Ukraina jan. da, Qozogʻistonda ekiladi. Gektaridan 35—50 s don, 100 s toʻpon (somon) beradi. Koʻk oʻt hosili 300 s atrofida.