Post Views:
78
Burchmulla xazinasi – so‘nggi jez davriga oid moddiy madaniyat yodgorligi (miloddan avvalgi 2–1-ming yillik). Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla qishlog‘i yaqinidan topilgan (1955). Burchmulla xazinasi 1 nayza uchi, 4 paykon va 3 ot yugani to‘qasidan iborat. Nayza uchi (uzunligi 31 sm) ikki tig‘li, zo‘g‘atasi dumaloq, zo‘g‘ata novi yon tomonlarida nayza dastasiga bog‘lashga mo‘ljallangan chap teshikchalar bor. Paykonlar 2 parrakli, yaproqsimon. To‘qalar tugmasimon bo‘lib, 2 tasining ilgagi kichkina, 1 tasiniki kattaroq. Burchmulla xazinasi topilmalari Andronovo madaniyati yodgorliklariga o‘xshaydi. Burchmulla xazinasi O‘zbekiston FA ning Arxeologiya instituti fondida saqlanadi.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/burchmulla-xazinasi/