BULGʻOR TILI

BULGʻOR TILI — qad. bulgʻor xalqining tili. Aholisi turkiy qabilalar uyushmasidan iborat boʻlgan Bulgʻor davlati hoz. Volga va Kama daryolarining boʻylarida 10-a. da vujudga kelgan. Bu davlat inqirozga uchragandan keyin qabila va xalqlarning Bulgʻor ittifoqi tarqalib ketgan. Bu til toʻgʻrisida vizantiyalik, yevropalik, arman va arab sayyohlarining xotiralarida, shuningdek qabr toshlarida saqlangan maʼlumotlar, kishi va joy nomlari asosida fikr yuritish mumkin. Bular Bulgʻor tilining baʼzi xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Mac, qad. turkiy tillardan «z» oʻrnida «r», «sh» oʻrnida «l» mavjudligi bilan farq qilgap: kyor — kuz; xyol — qish. B. t. qad. tillardan hazar, hoz. tillardan chuvash tiliga yaqin turadi. Bu 3 til birgalikda turkiy tillarning bulgʻor guruhini tashkil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x