BULAT

BULAT (fors, poʻlod — poʻlat) — tarkibida temir va ugleroddan boshqa elementlar deyarli boʻlmaydigan juda qattiq elastik quyma poʻlat. Oʻziga xos tuzilishiga ega, sirti «naqsh»li jilolanib turadi. Ilgari Hindiston, Oʻrta Osiyo, Eron va Suriyada (Damashq poʻlati nomi b-n) tayyorlangan; undan, asosan, gʻoyat pishiq va oʻtkir tigʻli qilich, xanjar va b. buyumlar yasalgan. Qadimda Bulat tayyorlash usuli sir saqlanib kelinar edi. Uning sirini rus metallurgi P. Anosov (1799—1851) ochdi. Texnikada Bulat poʻlati deb yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x