Har kuni o‘qish tavsiya qilinadi.
1.Yoqtirsangiz albatta — ayting.
2.Yoqtirmasangiz ham bildiring.
3.Sog‘insangiz — qo‘ng‘iroq qiling.
4.Tushunmasangiz so‘rang.
5.Ko‘rgingiz kelsa — uchrashuvga taklif qiling.
6.Nimanidir xohlasangiz — so‘rang.
7.Hech qachon bahslashmang.
8.Tushunishlarini xohlasangiz — tushuntiring.
9.Agar aybdor bo‘lsangiz, tan oling. O‘zingizni oqlamang.
10.Esingizda tuting! Har kimning ham o‘z haqiqati bor, lekin bu haqiqat sizniki bilan to‘g‘ri kelmay qolishi mumkin.
11.Ahmoqlar bilan aloqada bo‘lmang.
12.Hayotning negizi — Sevgi! Qolgani muhim emas.
13.Insonning muammosi — uning faqat miyasida joylashgan bo‘ladi.
14.Bizni o‘rab turgan dunyo yaxshi ham emas, yomon ham. Uning, sizning borligingiz bilan ishi yo‘q.
15.Har bir o‘tkazgan daqiqangizdan zavqlanishga harakat qiling.
16.Unutmang, sizga boshqa hayot berilmaydi.
17.Ziqna bo‘lmang.
18.Televizor ko‘rmang, aks holda ishyoqmasga aylanasiz.
19.Hech kim, hech narsaga majbur emasligini unutmang!
20.Siz hech kimga, hech narsaga majbur emassiz.
21.Siyosat bilan shug‘ullanmang. Siyosat sizni zerikarli insonga aylantiradi.
22.O‘zingiz uchun pulni tejamang.
23.Hayotda har doim o‘zingizga suyaning.
24.Va’dalarga emas, hissiyotlaringizga ishoning.
25.Ayollarga nisbatan xuddi bolalardek, chidamliroq va mehribon bo‘ling.
26.Ayollarga rahm qiling.
27.Kayfiyatingiz bo‘lmaganda, o‘ylab ko‘ring.
28.Bugun bilan yashang. Kechagi kun o‘tib ketdi, lekin ertangi kun bo‘lmasligi ham mumkin.
29.Biling, bugungi kun hayotingizdagi eng baxtli kundir!