BUGʻDOYIQ DURAGAYLARI — bugʻdoyni bugʻdoyiq bilan duragaylashdan hosil boʻlgan bugʻdoyning yangi turlari, formalari va navlari. Birinchi marta akad. N. V. Sitsin tomonidan 20-a. ning 30—50-y. larida yumshoq bugʻdoyni bugʻdoyiq bilan duragaylab, soʻngra duragaylararo chatishtirish va tanlash yoʻli bilan bugʻdoyning koʻp yillik bugʻdoy (T. a. ssp. perenne) va bir yillik don — yemxashak bugʻdoyi (T. a. ssp. submittans) kenjaturlari boʻlgan yangi turi (Triticum agropyrotriticum) yaratildi. 70-y. larda koʻp yillik bugʻdoyning kalta poyali (yotib qolmaydi), ekilganidan keyin 2 va 3yili ham 70 va 50% gacha oʻsimliklari oʻsib hosil beradigan, sovuqqa va kasalliklarga chidamli, hosildor navlari (M706, M63, M78) yaratildi. Bir yillik don — yemxashak bugʻdoyi doni oʻribyigʻib olinganidan keyin yana oʻsib, yangi poyalar chikaradi, 1 ga maydondan 15—17 s don, qoʻshimcha 200 s koʻk massa (yoki uch oʻrimda qoʻshimcha 400—450 s koʻk massa) hosil beradi. Bugʻdoyiq duragaylari navlari hosildorligini oshirish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые