BUFFONADA

BUFFONADA (ital. Buffonata — masxarabozlik, qiziqchilik) — komik aktyorning oʻyin uslubi. Buffonadada qahramonning tashqi xarakterli belgilari oʻta boʻrttirib koʻrsatiladi. Buffonada mim, masxarabozlar, skomoroxlarning maydon xalq teatrlarida paydo bulib, keyinchalik italyan del arte komediyasida keng qoʻllanilgan. Buffonada oʻzbek hajvchi aktyorlari ijodida ham uchraydi. Oʻtmishdagi masxaraboz va qiziqchilar (Hasan bukri, Moʻmin qishloqi va b.), Yusufjon qiziq Shakarjonov, M. Miroqilov, S. Xoʻjayev va b. aktyorlar Buffonadaga xos holatlar yaratganlar. Buffonada ayniqsa, sirkda keng qoʻllaniladi.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x