BSISU

BSISU Muin (1928, Gʻazza 1984, London) — falastinlik arab shoiri, dramaturg, publitsist, jamoat arbobi. Ijodi, asosan, milliy ozodlik kurashi, xalqlar doʻstligi va tinchlik mavzulariga bagʻishlangan. 11 sheʼrlar toʻplami, 6 pyesa va 2 publitsistik asar muallifi. «Maktublar» (1952), «Vatan — qalbda» (1970), «Tashrif qogʻozi» (1974), «Falastin daftari» (1978), «Deraza oynasiga yozilgan sheʼrlar» (1980), «Qalbdagi Falastin bilan» (1983) kabi toʻplamlari bor. Toshkent va Samarqand haqida sheʼrlar yozgan, «Tashrif qogʻozi» sheʼrlar toʻplami uzbek tilida nashr etilgan (1984). Xalqaro Nilufar mukofoti laureati (1980).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x