BRITTLAR — kelt qabilalaridan biri. Mil. av. 8 — mil. 5-a. larda Britaniyaning asosiy aholisi. Brittlar anglosakslar tomonidan boʻysundirilib (5—6-a. lar), bir qismi qirib tashlangan, bir kismi Uels, Shotlandiya va Galliyadagi Armorika ya. o. ga koʻchirilgan va bu yer Bretan deb atala boshlangan. Britaniyada qolgan qismi ingliz millatining shakllanishida muhim rol oʻynagan. «Britaniya» atamasi Brittlardan olingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые