BRITISH BRODKASTING KORPOREYSHEN

BRITISH BRODKASTING KORPOREYSHEN, BiBiSi (British Broadcastinq Corporation — VVS) — Britaniya radioeshittirish korporatsiyasi. 1927-y. Londonda tashkil etilgan. 5 dastur (siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport) boʻyicha radioeshittirishlar berib boriladi; 1936-y. dan 2 kanal boʻyicha teleeshittirish ham (umumiyommabop va madaniymaʼrifiy sohalarda) beriladi. Chet elga eshittirishlar (BiBiSi Umumjahon xizmati) kechakunduz (24 soat) ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tilda berib boriladi. BiBiSining Oʻzbekiston taxririyati 1994-y. noyab. oyida tashkil etilgan, eshittirishlar uzbek va rus tilida olib boriladi. 1996-y. mart oyigacha faqat qisqa toʻlqinda eshittirishlar berilgan boʻlsa, keyinchalik oʻrta va oʻrta qisqa toʻlqinlarda berilmoqda. BiBiSining Oʻzbekiston tahririyati Oʻrta Osiyo va Kavkaz xizmati tarkibiga kiradi, mazkur xizmat oʻzbek tilidan tashqari qozoq, kirgiz, ozarbayjon va rus tillarida eshittirishlar beradi. BiBiSi jahondagi koʻpchilik davlatlarda keng yoyilgan muxbirlik tarmogʻiga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x