BRIGADA (frans. brigade; ital. brigata — jamiyat, otryad) — 1) barcha turdagi qurolli kuchlar, qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlar boʻlinmalarining taktik birlashmasi; turli mamlakatlarda 16-a. ning 2-yarmidan, Rogsiyada 18a. boshidan mavjud. Quruklikdagi qoʻshinlarda Brigada, odatda, bir necha batalyon (divizion) va maxsus qoʻshinlar boʻlinmalaridan iborat boʻladi. Brigada alohida yoki diviziya tarkibiga kirishi mumkin;
2) alohida ishlar majmuasini birgalikda bajaruvchi kishilar guruhi.