BRAHMO SAMAJ («Brahma jamiyati») — Hindistondagi diniy islohchilik jamiyati. 1828-y. da hind maʼrifatparvari Ray Rammoxan tomonidan tashkil etilgan. Jamiyat ilgʻor kuchlarini birlashtirish, mamlakatning madaniy darajasini koʻtarish, tabaqaviy, irqiy, diniy va b. toʻsiqlarni yoʻq qilish, umumiy taʼlimni isloh qilish uchun kurashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi. Brahmo samaj rahbarlari hinduizm, islom, xristianliyutt ilgʻor tomonlarini oʻzida singdirgan, «universal» tusdagi, monoteizm ruhida isloh qilingan yangi din jamiyatni qayta qurish vositasi boʻlishi mumkin, deb hisoblaganlar. 1866-y. bu jamiyat 2 guruhga boʻlinib ketdi. Birinchi guruh — Adiy samaj, ikkinchisi — Butun Hindiston B. s. i deb ataldi. Birinchi guruh upanishadlar gʻoyasiga tarafdorligini bildirgan boʻlsa, ikkinchi guruh xristianlik taʼsirida boʻlgan. Keyinchalik bu jamiyat maydamayda gʻoyaviy yoʻnalishlarga ajralib ketdi va 20-a. ning 2-yarmiga qadar faoliyat koʻrsatdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые