BOʻZSUV MAKONLARI

BOʻZSUV MAKONLARIBoʻzsuv kanali yonida joylashgan ibtidoiy odamlar makonlari. Toshkent sh. dan 12— 15 km shim. gʻarbda. Makonlardan biri — Shoimkoʻprikni (1901) A. P. Pavlov, ikkinchisi — Shoʻralisoy yoqasidagini (1955) O. I. Islomov topgan. Shoimkoʻprik makonini G. V. Parfenov, Shoʻralisoy yoqasidagi makonni A. P. Okladnikov oʻrgandi. Har ikkala makondan mustye va yuqori paleolit davriga xos pichoqsimon plastina, qirgʻich, nukleus, chaqmoqgoshdan yasalgan qurollar va turli hayvonlar suyagi topildi. Boʻzsuv kanali yoqalab olib borilgan keyingi tekshirishlar natijasida paleolit davriga oid Boʻzsuv III, IV va V kabi yangi makonlar ochildi. Boʻzsuv makonlarida olib borilgan i. t. ishlari bu yerdagi ibtidoiy odamlar mustye va yuqori paleolit davrida yashagan boʻlib, yodgorlikning yuqori paleolit bosqichida uning aholisi urugʻ jamoasi boʻlib yashaganligini koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x