BOʻZCHILIK

BOʻZCHILIKboʻz toʻqish kasbi. Eng oddiy yogʻoch toʻquv dastgohi (qoʻl doʻkon) ning yaratilishi bilan (taxm. mil. av. 6 — 5-ming yillik) paydo boʻlgan. Jamiyatda ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi bilan oilada shugʻullanilgan Boʻzchilik alohida kasb tarmogʻiga aylandi hamda shahar, qishloqlarda keng tarqaldi. Boʻzchilik kasbini egallash «ustozshogird» usulida amalga oshirilgan. Shogirdlar (asosan 12—13 yoshli oʻsmirlar) hunarni puxta oʻzlashtirguncha ustozining oilasida yashab, doʻkonida maoshsiz ishlagan. Boʻzchilikni puxta egallab olgach, 1—2 y. ustasiga ishlab bergan, soʻng ustozidan fotiha olib, mustaqil ishlagan. 20-a. boshlarida Turkiston bozorlariga fkada toʻqilgan ipgazlamalarning koʻplab keltirilishi Boʻzchilikni sinishiga olib keldi. 20-y. larda Boʻzchilik sanoat arteli shaklini olgan. 30-y. larda toʻqimachilik sanoati rivojlanishi tufayli Boʻzchilik kasbi yoʻqolib ketdi (yana q. Toʻqimachilik).

Sayyora Mahkamova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x