BOʻZ QOGʻON

BOʻZ QOGʻON (7-a.) toʻqqiz oʻgʻuzlar (uygʻurlar) rahbari. 682—693-y. lari hukmronlik qilgan Sharqiy turk qogʻoni Kutluq (Elterish)ning zamonida shuhrat topgan. Qutlugʻ qogʻon Ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan. Tavgʻochlar (xitoylar) zulmidan qutulgach, Qutluq oʻz qoʻshinini Urxun daryosi havzasiga olib kelgan. Bu yerda Boʻz qogʻon boshliq uygʻurlar oʻrnashib olgan edi. Bu haqda Kultegin bitiklarivya ham maʼlumot bor. Turqlar Boʻz qogʻonni xitoylar kabi dushman deb hisoblashgan. Turklarning 5000 kishilik qoʻshini uygʻurlarni tormor keltirib, Boʻz qogʻonni oʻldirgan. «Baz» yoki «buz» soʻzi — qad. turkiy tilda «oʻzga yerlik kishi», «begona kishi» degan maʼnoni anglatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x