Bo‘zsuv makonlari


Post Views:
70

BO‘ZSUV MAKONLARI – tosh davriga oid ibtidoiy manzilgohlar. Toshkent shahridan 12–15 km shimoli-g‘arbda Bo‘zsuv kanali bo‘yida joylashgan. Makonlardan biri – Shoimko‘prikni (1901) arxeolog A.P.Pavlov, ikkinchisi – SHo‘ralisoy yoqasidagini (1955) arxeolog O.I.Islomov topgan. Shoimko‘prik makonini arxeolog G.V.Parfenov, SHo‘ralisoyni arxeolog A.P.Okladnikov o‘rgangan. Makonlardan mustye va yuqori paleolit davriga xos pichoqsimon plastina, qirg‘ich, nukleus, chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar va turli hayvonlar suyagi topilgan. Bo‘zsuv kanali bo‘ylaridan keyingi tekshirishlar natijasida paleolit davriga oid Bo‘zsuv III, IV va V kabi yangi makonlar ochildi. Bo‘zsuv makonlaridagi aholi yuqori paleolit bosqichida urug‘ jamoasi bo‘lib yashaganligi aniqlandi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/bo-zsuv-makonlari/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x