BOZORQALʼA — Beruniy sh. dan 40 km sharkda, Amudaryoning oʻng sohilidagi shaharqalʼa xarobasi (mil. av. 6 — 4-a. lar). S. P. Tolstoyerahbarligidagi Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyam topib oʻrgangan (1938). Shahar toʻgʻri toʻrtburchak tarhli; binolar paxsa va xom gʻishtdan qurilgan, nishon tuynukli (tirkash) va burjli qoʻsh mudofaa devori bilan oʻralgan. Devorlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 3 m. Gʻishtlar 40×10 sm hajmda, maxsus tamgʻali boʻlgan. Qalʼa (100×120 m) shaharning sharqiy burchagida joylashgan. Bozorqalʼa hududidan turar joy va kulolchilik ustaxonalarining qoldiqlari, sirli sopol idishlar, ogʻzi keng, chambari jimjimador, tagi yassi xum, tosh yorgʻuchoqlar, ostodonlar, qad. Misr xudosi Bes, odam va hayvonlar haykalchalari, zebziynat buyumlari topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые