BOZGOʻY

BOZGOʻY (fors—qayta aytish, takrorlash) — anʼanaviy cholgʻu musiqa asarlari shaklining oʻzgarmay, muntazam takrorlanuvchi kuy tuzilmasi. Cholgʻu asarning gavdalanishida xona ( oʻzgaruvchan kuy tuzilmasi) bilan almashinuvi jarayonida Bozgoʻy muhim shakllantiruvchi vosita boʻlib xizmat qiladi: xonalarda ohanglar tobora rivojlanib, kengayib Bozgoʻy larga ulanadi (103b. dagi Tasnifi buzruk nota misoliga q.).

Kuy rivojida xona va Bozgoʻylar oʻziga xos vazifalarni oʻtab, bir-birini toʻldirib boradi: xonalar rivoji jarayonida kuy koʻlami kengayib, mazmunan boyib boradi. Bozgoʻylar esa naqarot singari muayyan musiqiy fikrni taʼkidlaydi. Xona — B. munosabatlari maʼlum darajada Yevropa xalqlari musiqasidagi rondo shakliga oʻxshashdir. Bozgoʻy qonuniyatlarini oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylari ashula yoʻllari (maqom taronalari), yaqin oʻtmish va zamonaviy bastakorlik ijodiyotida kuzatish mumkin. Ayrim kompozitor (Ik. Akbarov, F. YanovYanovskiy, M. Tojiyev, M. Mahmudov, M. Bafoyev)lar ham mazkur qonuniyatlardan ijodiy foydalanishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x