BOYSUN

BOYSUNSurxondaryo viloyatidagi shahar (1975-y. dan), Boysun tumani markazi. Boysundan Termizgacha boʻlgan masofa 145 km, eng yaqin t. y. styasi Elbayongacha — 72 km. Ketmonchopti togʻining jan. yon bagʻrida, Hangaronsoy boʻyida, dengiz sathidan qariyb 1240 m balandlikda. Shim. qismida Sariosiyo va Avlod qishloqlariga tutashgan. Aholisi 20,6 ming kishi (2000).

B. Surxondaryo viloyatidagi eng qad. aholi manzillaridan. Boysunning shim. gʻarbida Teshiktosh gori joylashgan. Boysunda mil. av. taxm. 5-ming yillik oxirida aholi yashaganligi maʼlum. Mil. av. 1-a. —mil. 1-a. da Boysun oʻrnida Poikalon nomli mustahkam qalʼashahar mavjud boʻlgan. Mil. 6—13-a. boshlarida Boysun oʻrnida Chagʻoniyon sh. laridan biri — Bosand joylashgan. Abu Isʼhoq Istahriyning «Kitob masolik va almamolik» («Mamlakatlar yoʻllari toʻgʻrisida kitob»)ida ham Bosand deb taʼriflangan. «Hudud ulolam»da Bosand koʻp sonli va jangovar aholili mustahkam joydir deyilgan. Bosand Chagʻoniyon markazidan Temir qapigʻ orqali Samarqandga boradigan savdo yoʻli ustida joylashgan.

Arxeologik manbalarga koʻra, Bosandda hayot ilk oʻrta asrlardan moʻgʻullar istilosigacha davom etgan. Moʻgʻullar bosqinida vayron boʻlgan shahar keyinroqqayta tiklangan. Chigʻatoy ulusi tarkibiga mansub koʻchmanchi turk qavmlari unga «Boysun» deb nom berganlar. «Boysun» atamasi qad. turkiycha «boy» va «sin»dan olinib, «ulugʻ togʻ» yoxud «katta togʻ» maʼnosini anglatgan. Qad. turkiy qavmlarda boshqa narsalarga sigʻinishlar qatorida toqqa sigʻinish ham mavjud boʻlib, togʻlar muqaddas sanalgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, bu yerda qadimdan turkiy qavmlarning badavlat kishilari yashagan boʻlib, «Biysun» atamasi «boylar qishlogʻi» maʼnosini anglatgan. Boysun mavzesi «Zafarnoma»aya ham qayd etilgan. 19-a. da Boysun Buxoro amirligi davrida Surxondaryodagi uchta beklikdan birining markazi boʻlib, unda badavlat uzbek aholisi yashagan.

Boysunning jan. qismidan viloyatlararo avtomobil yoʻllari oʻtgan. Shahar aholisi kulolchilik, temirchilik, zargarlik, kashtachilik, duradgorlik, kosibchilik, qandolatchilik bilan shugʻullanadi. «Ishonch» aksiyadorlik jamiyati korxonasida asosan shoyi, jumladan abrli atlas, beqasam, trikotaj kiyimlar, toʻnchoponlar tayyorlanadi. Boysunda 5 umumiy taʼlim maktabi, sport va musiqa maktablari, mehribonlik uyi, 2 kinoteatr, 6200 oʻrinli stadion, klub, 10 kutubxona, 2 poliklinika, qishloq vrachlik shoxobchalari, sanitariyaepidemiologiya st-yasi, oʻrmonchilik xoʻjaligi bor. B. ning oʻrtasidan Hangaronsoy kesib oʻtgan.

Boysunda mashhur Sh«alola» va «Shiru shakar» folkloretnografik ansambllari faoliyat koʻrsatmoqda. Bular YUNESKOning Umumjahon nomoddiy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash munosabati b-n B. da dam olish va sport inshootlariga ega boʻlgan «Alpomish» bogʻi, «Alpomish» muzeyi tashkil etildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x