BOYQOʻZIYEV

BOYQOʻZIYEV Sherqoʻzi (1879, hoz. Fargʻona viloyati Buvayda tumani Bekobod qishlogʻi—1961.21.10, Qoʻqon) — xonanda, Oʻzbekiston xalqhofizi (1939). Qoʻqon katta ashula ijrochilik maktabi namoyandasi. Dastlab otasi Boyqoʻzi hofiz vakeyinroq Abdurazzoq hofiz, Erkaqori Karimovlardan katta ashula anʼanalarini oʻrgangan, ularga hamnafaslik ham qilgan. Hamroqulqori, Boltaboy hofiz, Mamatbuva Sattorovlardan katta ashula va maqom yoʻllarini oʻzlashtirgan. Ovozi baland, nafasi keng boʻlib, ashulalarni yengil va ravon ijro etgan. Repertuaridan «Ey sanam», «Ohkim», «Muncha ham», «Chorgoh», «Ayrilmasun», «Yovvoyi Ushshoq» kabi katta ashulalar oʻrin olgan. Shogirdlari — Meliqoʻzi Yusupov, Abbos Boboyev, Oʻtamboy Sarimsoqov, Haydarali Hikmatov va b. Qoʻqon ijrochilik anʼanalarini hoz. davrgacha davom ettirishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x