BOYOVUT

BOYOVUT (1961—91 y. larda Dmitrove) — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha, Boyovut tumanining markazi. Aholisi 13,8 ming kishidan ziyod (2000), asosan oʻzbeklar; shuningdek tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Eng yaqin t. y. stansiyasi Farhodgacha 11 km.

Boyovut 1950-y. largacha oddiy qishloq boʻlgan. Oʻsha davrda Mirzachoʻlni oʻzlashtirish harakati boshlanishi b-n uzoqyaqindan koʻchib kelganlar va quruvchilar hisobiga kengaydi. «Boyovut» atamasi qabila va joy nomi sifatida Abulgʻoziy Bahodirxonning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» asarlarida b«oyoʻtti», «boyovul», «boyoʻtluq» shakllarida uchraydi.

Boyovutda paxta tozalash z-di, don va un kombinati, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, tuman tashkilotlari idoralari va dehqon bozori bor. Shaharcha hududidan oʻtgan Jan. Mirzachoʻl kanalining oʻng sohilida «Motamsaro ona» yodgorligi oʻrnatilgan. Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi muzeyi, kutubxona, internat maktabi, kasbhunar litseyi, umumiy taʼlim maktablari, madaniyat va istirohat bogʻi va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x