BOYKEN — serhosil qishki olma navi. Oʻzbekistonda 19-a. oxiridan boshlab tarqalgan. 50-y. largacha koʻp ekilgan. Sovuqqa chidamli, koʻchati oʻtqazilgach, 6—7yili hosilga kiradi. Daraxtining bal. 7—8 m, shoxshabbasining eni 5—6 m, mevasi 250—300 g, och sariq, quyoshga qaragan tomoni qizgʻish, eti oq, qimizak; sent. oxirida uzib, martgacha saklash mumkin. Tupidan 500 — 550 kg hosil olinadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun r-nlashtirilgan. Hozir kam uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые