BOSMA MASHINA

BOSMA MASHINA — kitob, gazeta, jurnal, broshyura, etiketka, plakat va b. matbaa mahsulotlari chop etiladigan mashina. Matbaa jihozlaridan asosiysi hisoblanadi. Dastlabki Bosma mashina (bosma stanok)ni nemis ixtirochisi I. Guttenberg 1441—45 y. larda ixtiro qilgan.

Bosma mashinaning asosiy uzellari: boʻyoqni qolipdan qogʻozga oʻtkazuvchi bosish apparati; qolipga boʻyoq surkash apparati, qogʻozni bosish apparatiga uzatuvchi va nusxalarni mashinadan chiqaruvchi qogʻoz oʻtkazish mexanizmi; bosilgan mahsulotlarni qabul qiladigan va ularga ishlov beradigan qoʻshimcha qurilma; mashinani boshqarish yuritmasi va tizimi.

Bosish usuliga koʻra, bosmaxona B. m. si yuqori bosma, tekis bosma va chukur bosma xillarga boʻlinadi. Bosish qolipi va unga qogʻoz (yoki boshqa material)ni siqib turuvchi sirtning turiga koʻra, tigelli, tekis va rotatsion Bosma mashinalar boʻladi (rasm). Tigelli Bosma mashinada nusxalar ikki sirt — bosma qolip va qogʻozni qolipga siqib turuvchi tigelning oʻzaro taʼsiri natijasida olinadi. Unda blanklar, muqovalar, bezaklar bosiladi. Tekis Bosma mashinada bosma qolip bir tekislikda yotadi, qogʻozni shu qolipga silindr siqadi. U bezak va koʻp boʻyoqli bosmalar uchun moʻljallangan. Rotatsion Bosma mashinada qolip va unga qogʻozni siqadigan sirt silindr shaklida boʻladi; ular bir xil tezlikda aylanadi. Bunday mashinada gazeta, jurnal, kitob, blanklar, bilet va b. mahsulotlar bosiladi. Bosma mashina qogʻoz turiga qarab ham xillarga boʻlinadi: varaqlarga bosadigan va qogʻoz oʻrami (rulon) dan uzluksiz uzatib turiladigan qogʻozga bosadigan (rotatsion) mashinalar. Bosma mashina qogʻozdan tashqari temir, karton, oyna, plastmassa, toʻqimachilik materiallari va b. ga bosadigan xillarga ham boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x