BOSHQIRD OT ZOTI — qadimda oʻrmon va dasht otlari negizida Boshqirdistonda chiqarilgan zot. Suti, goʻshti uchun boqiladi, shuningdek q. x. ishlarida ham foydalaniladi. Boshqird ot zotining aravaga qoʻshiladigan va miniladigan tiplari saqlanib qolgan (3 t gacha yuk torta oladi). Tusi toʻriq, dumi va yoli qora, malla, qoʻngʻir, saman. Biyasining tanasi uz. 144—145 sm, qarchigʻayi bal. 142—143 sm, koʻkrak aylanasi 178— 180 sm, toʻpigʻi aylanasi 18,4 — 20 sm; tirik vazni 420—460 kg. Biyalari sogʻim davrida 1720—2060 l (sersut biyalari 3000 l gacha) sut beradi. Sutidan sifatli qimiz tayyorlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые