BOSHQA SHAXSA TAHDID QILGAN ODAMGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasiga ko‘ra o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, —-bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanish darajasidan tortib, shunday qilmishni kim yoki kimlar tomonidan sodir qilinganligiga qarab va bu qilmishni og‘irlik darajasiga ko‘ra, —-uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
❗️»O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish» bu nima degani ? Bu masalan kimdir sizga qo‘lida birorta narsa bilan o‘ldiraman deb tahdid qilsa va o‘sha odam o‘ziga qo‘yib bersa haqiqatdan xam odamni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan darajadagi yoki o‘sha gapni aytgan vaqtdagi kayfiyati uni shu ishni qilish darajasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan psix emas «Psixroooq» shaxs bo‘lsa, uni bu tahdidi shunchaki tahdid emas, xavfsirash uchun yetarli asos deb xisoblanib, jinoyat deb topilishi mumkin.
✏️ Yoki bo‘lmasa, kimdir Sizga yo‘lda ketyaman, uyinga borib o‘t qo‘yib kelaman, qo‘lingni sindiraman, tilingni sug‘irib olaman yoki mahallanga olib chiqib sharmandangni chiqarib uraman deb tahdid qilsa va u odam indamasa qo‘lni xam sindiradigan, tilni xam sug‘urib oladigan yoki uyga o‘t qo‘yishi mumkin bo‘lgan darajadagi «kirdi-chiqdi» shaxs bo‘lsa, uning bu tahdidi xam xavfsirash uchun yetarli asos deb topilishi mumkin.