Boshlovchilar uchun web dasturlashni o’rganish xaritasi

DO`STLARGA ULASHING:

Hozir boshlashdan yaxshisi yo’q. 100 lab ertangi kun bor va 1000 lab kechagi kunlar, eslaysizmi, siz kecha ertaga boshlayman degan edingiz. Shunday ekan, hoziroq boshlang!
Har kuni web dasturchilar uchun minglab yangi ishlar e’lon qilinadi va bular doimiy o’sib bormoqda. Nega, hali ham ikkilanmoqdasiz va boshlamayabsiz?
Web dasturlash oson emas va bu hamma uchun ham emas. Web dasturlashni o’rganish vaqt talab etadi va siz oson narsalardan boshlab yaxshilab tushunib borishingiz kerak. O’zingizdan so’rang, qanaqa kamchiliklaringiz va bo’shliqlaringiz bor? Avvalo, umumiy tushunishga harakat qiling. Internet qanday ishlaydi? Ma’lumotlar biridan ikkinchisiga qanday uzatiladi? Qanday tillarni o’rganmoqchisiz va nega?
Siz, avvalo, qaysi sohani tanlashingiz haqida yaxshilab tushunib olishingiz kerak va qaror qabul qilgandan so’ng, ortga yo’l yo’q(xazillashyabman). Bu, sizga eng yaxshi maslahatlarimdan biridir.
Quyida sizlarga web dasturlash haqida ozroq ma’lumot beraman.
Front-End Web Dasturlash
Yuqorida aytilganidek, bu har qanday sistemaning tashqi ko’rinishi. Web dasturlashda, foydalanuvchilar ko’radigan, web sayt tashqi ko’rinishi, rangi, fontlari va dizayni, bular hamamsi, frontend dasturlashga kiradi. Bu yerda, foydalanuvchilarf uchun interfeys yaratiladi. Frontend dasturlashni o’rganish uchun, siz HTML, CSS va JavaScript ni o’rganishingiz kerak bo’ladi.
HTML
HTML o’zi ichiga dasturlashni bloklarini qurishni o’z ichiga oladi.
CSS
CSS nega kerak degan savol tug’ilishi mumkin. CSS sayt dizayni, rangi, font o’lchamlari va ba’zi turdagi animatsiyalar uchun javobgardir.
JavaScript
JavaScript HTML ni yanada takommillashtirish uchun javobgardir. Agarda, web sahifan dinamik holatda ishlashi va maxsus effektlar kerak bo’lganda ishlatiladi. Hozirgi kunda, barcha saytlarda, JavaScript ishlatiladi.
Yuqoridagilarni bilib olganingizdan so’ng, frontend kutubxonalarini o’rganishni boshlasangiz maqsadga muvofiq bo’ladi, ularga misollar: React, Angular va Vue.js.Once you’re able to have a grasp of those three front-end foundations, you can then proceed with learning the client-side libraries, which are React Angular , and Vue.js .
Back-End Web Dasturlash
Web dasturlashni backend sohasida, ma’lumotlar ombori bilan ishlash, mantiqqa asoslangan amallarni bajarasiz hamda, frontend ga kerakli ma’lumotlarni yuborasiz.
Server turli xil tillarda yozilishi mumkin. O’rganishning eng oson yo’li, JavaScript ni yaxshilab o’rganib olgandan so’ng, Node.js ga o’tganingiz maqul. JavaScript ni o’rgangandan so’ng, siz osongina frontenddan backendga o’tishingiz mumkin. Boshqa dasturlash tillarini quyida yozib o’tamiz.
Server-side(Server tomon)
Bu tomon mijozga ko’rinmaydi. Barcha amallar, orqa tomonda bajariladi. Server tomonda ishlatiladigan tillar: PHP, ASP.Net, Ruby on Rails, Pyhton va boshqalar.
Databases(Ma’lumotlar ombori)
Ma’lumotlar ombori bu o’z nomi bilan aytib turibdi, ya’ni ma’lumotlar saqlanadigan ombor. Ma’lumotlar omborini umumiu 2 turi bor, ya’ni SQL va NoSQL.
Boshlashimizdan avval kerak bo’ladigan umumiy talablar
Matn muharrirlarini o’zingiz tabingizga ko’ra tanlashingiz mumkin.
  1. VS Code – eng ommalashgan matn muharrirlaridigan biri va sizni ishlashingizni tezlashtirishga yordam beradigan 100 lab extensionlar mavjud.
  2. Atom
  3. Webstorm
  4. Sublime text
  5. Vim – eng qiyinlaridan biri.
Operatsion tizimlarni bilishlik talab etiladi.
Qaysi operatsion tizimni ishlatasiz? Mac, Linux yoki Windows? Operatsion tizim istalgan sistemaning suyagi desak to’g’ri bo’ladi.
Mac: Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Windows: Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqazilgan va Windows Mac ga qaraganda anchagina arzon. Ammo, qachondir, malware(kompyuterga zarar yetkazuvchi) dasturlar kompyuterizga kelganda, Windows eng himoyasiz operatsion tizimlardan biridir.
Linux: Sizni xavfsizligingizni ta’minlaydi va ko’p amalli operatsion tizim. Bu OS hamma uchun ochiq.
Xulosa qiladigan bo’lsak, o’zingizni qiziqishingizga mos dasturlash tilini o’rganing va kelajagingizni dasturlash bilan quring.

Interest.uz saytidan uzoqlashmang. Agarda xatoliklar topgan bo’lsangiz, telegram ijtimoiy tarmog’i orqali @elzodxonuz ga murojaat qiling.

Vaqtingizni ajratib o’qiganingiz uchun rahmat!
Ingliz tilidan tarjima qilindi.
English version

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x