Bosh og‘rig‘ining ogohlantiruvchi belgilari.

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Bosh og‘rig‘ining ogohlantiruvchi belgilari.

Agar shunga o‘xshash belgilar sizga tanish bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling!

📌 Kutilmagan bosh og‘rig‘i

Agar to‘satdan boshingiz qattiq og‘rib qolsa, uni jiddiy qabul qilishingiz kerak. Bu subaraxnoidal qon quyilish – anevrizma holati oqibatida miyada qon ketishi bo‘lishi mumkin. Bu juda xavfli bosh og‘riq bo‘lib, bunday hollarda darrov tez yordam chaqirishingiz zarur. Og‘riq qoldiruvchi ichishni va uxlashga yotishni xayolingizga ham keltirmang.

📌 O‘zgarib turuvchi bosh og‘rig‘i

Agar sizni migren bezovta qilayotgan bo‘lsa, u og‘ir kechishi mumkin, lekin hayotingiz uchun xavfli emas. Agar bosh og‘rig‘i og‘ir bo‘lishi bilan birga oldingilariga o‘xshamasa, u holda hushyor bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi va tezda shifokorga uchrashingiz lozim.

📌 Boshqa og‘riqlar bilan birga kelgan bosh og‘rig‘i

Harorat ko‘tarilishi bilan birga boshning qattiq og‘rishi – hushyor tortishga sabab bo‘la oladi. Bu miya infeksiyasi masalan, meningit yoki ensefalit alomati bo‘lishi ham mumkin. Bunday hollarda darhol tez yordam chaqirish zarur.

📌 Orqa tomonda yoki ko‘z atrofida seziladigan bosh og‘rig‘i

Agar bosh og‘rig‘i ko‘z atrofidagi og‘riq bilan kechsa, ayniqsa agar sizning ko‘rish qobiliyatingizda o‘zgarish bo‘lsa – bu yaxshilik alomati emas. Bunday vaziyatdagi xavf og‘ir glaukoma yoki ko‘rlikka sabab bo‘luvchi ko‘zdagi bosimning ko‘tarilishini keltirib chiqarishi mumkin.

@doridarmonlar

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x