Bo‘ri va yetti uloqcha

DO`STLARGA ULASHING:

Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir echki bor ekan. Uning yettita uloqchasi bor ekan. Hamma onalar singari u ham bolalarining yettovini birdek yaxshi ko‘rar va erkalar ekan.

— Bolajonlarim, siz eshikni mahkam yopib, hech kimga ochmay o‘tiring. O‘rmonda och bo‘ri izg‘ib yuribdi. Ehtiyot bo‘ling! — deb tayinlarkan.
Ona echki o‘rmonda o‘t-o‘lan bilan ovqatlanib, muzdek suv ichib, bolalarining oldiga kelarkan. Eshikni taqillatib qo‘shiq aytar ekan:

— Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to‘lib, yerga to‘kildi.

Bolalari shu zaxoti eshikni ochib onasini kutib olishar edi. Ona echki ularni ovqatlantirib, yana o‘rmonga ketar ekan.

— Uloqchalar, bolachalar!
Eshikni oching,
Onangiz keldi,
Sut olib keldi.
Echki bolalari:

— Eshityapmiz, eshityapmiz. Ovozing onamizniki emas! Onamiz ingichka ovoz bilan qo‘shiq aytadi.Hoy bo‘ri bu yerdan yo‘qol!
Bo‘ri o‘ylab-o‘ylab ovozini o‘zgartirish uchun temirchining yoniga ketibti.

— Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to‘lib, yerga to‘kildi.

Echki bolalari eshikni ochishib, o‘z onalarini kutib olishibdi. Keyin birin-ketin bo‘ri kelgani, ularni aldab yemoqchi bo‘lgani haqida so‘zlab berishibdi. Ona echki uloqchalarini ovqatlantirib bo‘lib, hech kimga eshik ochmaslik haqida qattiq tayinlabdi-da, o‘rmonga ketibdi.

Ona echki ketishi bilan bo‘ri yana uy yonida paydo bo‘libdi. Eshikni taqillatib, ingichka ovozda qo‘shiq aytibdi:

— Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to‘lib, yerga to‘kildi.

Uloqchalar bo‘rini ovozini payqamay eshikni ochib yuborishibdi. Shu on bo‘ri uy ichiga otilib kirib, echki bolalarini tiriklayin birin-ketin yutib yuboribdi. Ulloqchalarning faqat eng kichkinasi pechka ichiga kirib omon qoldi.

Ona echki uyga qaytib kelsa, eshik ochiq, hech kim yo‘q. Ona echki bolalarini qidira boshlabdi. Uzoq qidirib, chaqiribdi. Hech kimdan javob bo‘lmabdi. Pechka ichiga nazar solib qaltirab o‘tirgan kichik bolasini topibdi. Ona echki bo‘lgan voqeadan xabar topib, achchiq-achchiq kuyinib yig‘labdi:

— Oh, bolajonlarim, uloqchlarim!
Eshikni nega ochdingiz,
Bo‘ri qo‘liga nega tushdingiz?!
Uning ovozini bo‘ri eshitib:

— Eh, echkijon! Senga rahmim kelyapti. Bolalaringni men yeganim yo‘q, — debdi.
Ona echki esa uni shoxi bilan shunday suzibdi-ki, bo‘rining qorni yorilib, ichidan uloqchalar sakrab-sakrab chiqib, onalari oldiga yugurgilashibdi.
O‘shandan beri uloqchalar yanada hushyor va tinch-totuv yashar ekanlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x