Tulki tovuq go‘shtin rosa tushirib,
Qolganin ertalik uchun yashirib,
Uxlay deb yotgandi g’aram oldida,
To‘satdan och Bo‘ri kelib qoldi-da —
Dediki: «Ahvolim ko‘p yomon, o‘rtoq,
Topolmadim hatto quruq so‘ngak ham,
Ochlikdan batamom quridi sillam,
Itlar quvaladi, cho‘ponlar uyqoq,
Bilmadim, boshimni qayerga ursam».
«Hali shunaqa de» “Ha, xuddi shunday».
«Juda qiynalibsan, bechora hay-hay,
Yemaysanmi, o‘rtoq, maboda pichan?
Mana, bir qaram bor, tortinma qecham».
Do‘stining pichanmas, go‘shtdaydi dardi,
Tulki yashirgandan og’iz ochmadi,
Ammo meqribonlik qildiki chunon —
Bo‘ri och jo‘nadi o‘z ini tomon.
Krilov I.A