BORDO — Fransiyaning jan. gʻarbidagi shahar, Jironda departamentining maʼmuriy markazi, Giyen va Gaskon tarixiy viloyatining bosh shaxri. Garonna daryosi boʻyida, Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yaqinida. Aholisi 208 ming kishi (1990). Mamlakatning sanoat markazlaridan, transport yoʻllari tuguni. Dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yuk ortib tushirish yiliga 10 mln. t). Bordo orqali chetdan neft, kumir, fosfat, oziq-ovqat va b. mollar keltiriladi; chetga vinoaraq, neft mahsulotlari, yogʻochtaxta, gazmol chiqariladi. Neftni qayta ishlash, kemasozlik, aviasozlik, mashinasozlik, kimyo z-dlari, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor. B. da koʻplab vino tayyorlanadi va sotiladi. Shaharda unt (1441-y. dan), bir qancha muzey va teatrlar bor. Fransiyaning eng qad. shaharlaridan. Markaziy maydonlari 18-a. da qurilgan. Tarixiy binolardan sobor (12 — 14-a. lar) va Katta teatr (1773—80) saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые