BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK PЕNSIYASI KIMLARGA BЕRILADI.
⚡️SAVOL;
Men boquvchimni yo‘qotganman. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Ikkala farzandim xam maktabda o‘qiydi. Bizga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi beriladimi ?
⚡️JAVOB;
Mehnat kodeksining 291-modasida, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo‘lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunda mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi deb ko‘rsatilgan.
❗️Yuqoridagi asosga ko‘ra, voyaga yetmagan farzandlaringizni ta’minoti uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishingiz mumkin. Faqat buyerda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlashda ikki xil masala bor.
⚡️Birinchisi__ oilaning boquvchisi kasb kasalligi natijasida vafod etgan bo‘lsa qancha ish staji borligidan qat’iy nazar to‘liq miqdorda;
⚡️Ikkinchisi__ boquvchi boshqa sabablar bilan vafod etgan bo‘lsa sizlarga uning yoshiga va mehnat stajiga mos ravishda pensiya tayinlanadi.