BOMIYON

BOMIYON, Bomikon, Bomyanna — Afgʻonistonning markaziy qismidagi qad. shahar, Bomiyon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 10 ming kishiga yaqin. Bomiyon 1-a. da barpo boʻlgan, 7-a. da uni arablar fath etgan. 10—13-a. boshida Bomiyon dastlab gʻaznaviylar, soʻng gʻuriylar, keyin xorazmshohlarga tobe boʻlgan. 1221-y. B. ni moʻgʻullar vayron qilgan, 16-a. dan u boburiylar tasarrufidaboʻlgan. Bomiyon 18-a. 2-yarmidan Afgʻoniston davlati tarkibida.

Xitoylik sayyoh Syuan Szan va arab tarixchilari keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Bomiyon islom dini kirib kelgunga qadar buddizmnint yirik markazi hisoblangan. U yerda qoyatoshlarni yoʻnib bunyod etilgan oʻndan ortiq butxona oʻtmishda mavjud boʻlib, ularning mingdan ziyod rohib (monax) lari boʻlgan. Butxonalar oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, ularga koʻplab erkak va ayol qiyofasidagi tosh sanamlar oʻrnatilgan. Erkak qiyofasidagi sanamlardan birining boʻyi 53 m, ayol qiyofasidagilaridan birining boʻyi esa 3S m. boʻlgan. Afgʻonistondagi Tolibon rahbariyati qaroriga muvofiq, mamlakatdagi islomiyatga qadar yaratilgan moddiymadaniy obi dal ar, shu jumladan Bomiyon dagi budda sanamlari vayron qilingan (2001-y. mart).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x