BOMBAJ

BOMBAJ (frans., bombage) , konserva bankalarining boʻrtish i — konservalarni saqlashda uchraydigan buzilish turi. Qopqoqlarning boʻrtishi Bombaj deb ataladi. Bombajning biologik, kimyoviy va fizik turlari mavjud. Biologik Bombaj idishlarning zich yopilmasligi yoki yetarlicha sterilizatsiya qilmaslik natijasida vujudga keladi, unda mikroorganizmlar rivojlanib, gazlar paydo boʻladi. Bunday konservalar foydalanishga yaroksiz hisoblanadi. Kimyoviy Bombaj konservalardagi kislotalarning idish qopqogʻi (temir qismi) ga boʻlgan taʼsiri natijasida yuzaga keladi: vodorod ajralib chiqib, qopqoq boʻrtadi. Koʻpincha nordon mevarezavor va sirkalan gan konservalarda uchraydi. Fizik Bombaj konservalarning muzlashidan kelib chiqadi (bankadagi mahsulot hajmi kattalashib qopqoq boʻrtadi). Fizik va kimyoviy Bombajga uchragan konservalardan faqat sanitariya nazorati ruxsati bilan foydalanish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x