DO`STLARGA ULASHING:
Bolqorlar – turkiy xalq. Asosan Shimoliy Kavkazda – Rossiyaning Kabarda-Bolqor, Qorachoy-Cherkes Respublikalari, Stavropol oʻlkasi va Moskva shahrida, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Ukraina, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Qorachoy-bolqor tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 130 ming atrofida.
- Aql sabr beradi.
- Allohdan qoʻrqmagan odamdan uyalmas.
- Ahmoq bilan olishgan ham ahmoq.
- Yomon odam boyisa, qoʻshnisini sigʻdirmas.
- Yomon odamda olgiliging boʻlguncha, yaxshi odamga bergiliging boʻlsin.
- It iskagan suvni arslon ichmas.
- Qargʻa gʻoqillab gʻoz boʻlmas, qari qiypanglab qiz boʻlmas.
- Odamlar hurmatingni qilmasa, oʻzingdan koʻngling qolsin.
- Odamni yoʻgʻida soʻkma, borida maqtama.
- Oz soʻzlaganning qaygʻusi kam boʻladi.
- Ontin buzgan ontga ishonmas.
- Ota yurtimning boshi boʻlmasam-da, boʻsagʻasining toshi boʻlayin.
- Sergap odam bir soatda bir oylik xato qiladi.
- Tili uzunning uyati qisqa.
- Uyim degan uyi boʻyli toshni ham koʻtaradi.
- Umid togʻ tepasiga chiqaradi.
- Oʻt oʻchirish uchun toza suv izlamaydilar.
- Xotin olmoqchi boʻlsang, uylanmaganning soʻziga quloq tutma.
- Chaqirilmagan qoʻnoq qachon ketishini soʻramaydi.
- Er – soʻziga ega kishidir.
- Yurak koʻrmasa, koʻz ham koʻrmaydi.
Bolqor tilidan Orif Tolib oʻzbekchalashtirdi.
oriftolib.uz