BOLOSOY, Forishsoy — Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining shim. yon bagʻri (1800 m) dan boshlanadi. Uz. 25 km, havzasining mayd. 18 km2. B. bosh qismida koʻp joylarda qoyali daralardan iborat tor vodiyda, shagʻal va xarsang toshli serostona oʻzanda oqadi. Bolosoy kamsuv soy, oʻrtacha suv sarfi 80 l/sek. Bolosoyda asosan erta bahorda, qor erigan va yomgʻir yoqqan vaqtlarda sersuv boʻladi, yozda tekislik qismida soy qurib qoladi. B. Forish qishlogʻi yerlarini sugʻoradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые