BOLID

BOLID — Yer atmosferasining quyi qatlamigacha kirib keladigan katta massali yorqin meteor jism. Koʻpincha, meteor jismlar atmosferaga kirganda boʻlinib, bugʻlanib ketadi. Bolid uchganda choʻgʻlangan gaz oqimlari va meteor jismning erigan tomchilari jism ortida «olovli dum» hosil qilib, yorugʻ iz qoldiradi. Bu iz bir necha minut koʻrinib turadi. Bolid yoʻlidagi havoning qattiq siqilishi va siyraklashishi oqibatida baʼzan kuchli gumburlash eshitiladi. Baʼzida havo ochiq kunlari Bolid kunduzi ham koʻrinishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x