Bolaning bo‘yi o‘smay qolsa, nima qilish kerak?

Bolaning bo‘yi o‘smay qolsa, nima qilish kerak?

Ayrim o‘smirlar tengqurlaridan bo‘yi pastligidan uyaladi. Bunday vaziyatda bolaning ruhiy holatida o‘zgarish, siqilish, asabiylashish, tushkunlikka tushish ro‘y beradi, oqibatda esa, boshqa jiddiy kasalliklar ham kelib chiqishi mumkin. Xo‘sh, bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘ladi? Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?

Bu savollarga tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova javob beradi:

— Tibbiyotda har bir odam organizmining pasport yoshi va suyak yoshi degan tushuncha bor. Qo‘l kafti rentgen tekshiruvi o‘tkazilganida suyaklar soniga ko‘ra cuyak yoshi aniqlanadi. Me’yorda pasport yoshi suyak yoshi bilan teng bo‘lishi lozim. Suyak yoshi bir yilda bir marotaba nazorat kilinishi kerak. O‘sish jarayoniga qarab o‘sish garmonini davom etirish yoki to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Bo‘y o‘sishining ortda qolishi shu kabi tekshiruvlarda ko‘rinadi. Masalan, bolaning pasport yoshi 10, suyak yoshi esa 3 yoshga mos keladi. Farqi: 7 yosh bo‘layapti.

— Bo‘yni o‘stirishda qo‘llaniladigan gormon terapiya muolajasi qanday tartibda amalga oshiriladi?

— Zamonaviy tibbiyotda rentgen va gormonal tekshiruvlar orqali bo‘y o‘stirishda tashxis aniq bo‘lgach, gormon terapiya muolajasi qilinadi.

Muolaja ikki usulda: uzluksiz va muddatli ko‘rinishda bo‘ladi. Davolanish jarayonida bola o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazib turilib, o‘sish doiralari berkilib qolmayotgani nazorat qilinadi.

Shuningdek, gormon preparatlarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda qabul qilish ham asosiy shartlardan biri. Agar bilib-bilmay bo‘y o‘stiruvchi gormondan foydalanilsa, nojo‘ya ta’siri kuzatilishi mumkin.

Shu bois ham mutaxassis bilan bamaslahat kerakli muolaja olinishi lozim. Ikki yoki uch oyda to‘xtatib qo‘yilsa, hech qanday naf bo‘lmaydi. Bu jarayonni ertaroq boshlagan ma’qul. Balog‘at yoshidan keyin bo‘y o‘stirish muolajasi ta’sir qilmasligi tibbiyotda ko‘p kuzatilgan.

— Uy sharoitida bolalarning bo‘yi normal o‘sishi uchun nima qilish kerak?

— Ota-onalarga maslahatimiz shuki, farzandingizning bo‘yi me’yorida bo‘lishi uchun sport mashqlariga e’tibor qarating. Sakrash, turnikda osilish, voleybol, basketbol sport turlariga jalb qiling. Bola jismoniy faollik bilan band bo‘lsa, unda ochlik hissi paydo bo‘ladi. Bu esa o‘sish gormoni ko‘proq ishlab chiqilishini ta’minlaydi.

Taomnoma oqsilga boy mahsulotlar, sut-qatiq, go‘sht, tuxum, ko‘katlar hamda dukkakli mahsulotlarga boy bo‘lsa, bo‘y bilan bog‘liq muammolar ko‘p bezovta qilmaydi. Shuni unutmangki, har qanday kasallikning oldini olishning birinchi talabi bu sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir.
©ssvuz

@Bolalarshifokori1

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x