Bolani urib jazolash to’g’rimi?

Hech qachon jismoniy jazo bolani to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi. Chunki bola bu jazoga qanday qarashini biz ota-onalar bilmaymiz. 
Bola yomon ish qilib qo‘ygani uchun uni jazolashyapti, esida qolishi uchun uni urishmoqdaligini tushunmaydi. 
U uni himoya qiladigan, sevadigan va u ishongan inson-ona unga og‘riq keltirayotganini his eta oladi, xolos.

Chunki bola uchun eng qadrli inson – onasi unga og‘riq keltirib, buni har xil gaplar bilan tag‘in oqlab turayotgan bo‘lsa, u holda boshqalardan nima kutsa bo‘ladi, boshqalarga nimani ravo ko‘rsa bo‘ladi?
Axir dunyodagi vahshiyliklar ham doimo har xil oqlovlar bilan amalga oshirilmaydimi? 

Qizimga har doim bir nimadan qo‘rqsa, «Qo‘rqmagin, men seni himoya qilaman», deyman. Bir kuni uni bir qilig‘i deb urishib turayotganimda, «Siz aldoqchisiz, qanday qilib himoya qiladigan odam, shunday urishishi mumkin», deb aytgan. Haqiqatdan bolalar ba’zida bizdan ham aqlli bo‘ladilar. Ular vaziyatga umuman boshqa nazar bilan qaray oladilar. Ota-onalar hech bo‘lmasa psixologlar, olimlar va statistikaga ishonishlari lozim.

Bolani urib jazolab uni to‘g‘ri yo‘lga solib bo‘lmaydi. Faqat yaxshi tarbiya bolani yaxshi bo‘lishiga yordam beradi.

 Bolani urganda esa, bola kuchli bo‘lsa, u vahshiy bo‘lib katta bo‘ladi, agar bo‘shroq bo‘lsa, u holda alamli, uyatchan, o‘zini kamsitadigan inson bo‘lib yetishadi. 

Albatta shunday davr bo‘ladiki, bolani jazolashga to‘g‘ri keladi.
Lekin buning uchun urishdan boshqa ming xil boshqa yo‘llar mavjud. Ota-ona boshqa yo‘l izlashga sabri ham vaqti bo‘lmaydi, shunga osongina bolani urib tinchitib qo‘yadi. Onaning jismoniy kuchi mana shu 6-7 yoshli bolaga yetadi. Qizig‘i shundaki, ota-onaning kuchi odatda bir farzandiga yetadi. Ko‘pincha bu to‘ng‘ich farzandidir. Uni eng ko‘p urishadi, unga qo‘yilgan talab eng katta bo‘ladi, uni urish ham osonroq bo‘ladi.
O‘ylab ko‘rganmisiz hech, nega? «Meni ham ota-onam urgan, kam bo‘lmadim», deb o‘zingizni oqlamang. Shunday deya olayotganingiz ham sizni psixologik zaif inson bo‘lib katta bo‘lganingizdan dalolat bermoqda. Urmay tarbiyalashning iloji bor. Yoshligida jismoniy jazolanmagan minglab baxtli mehribon farzandlar mavjud.
Ular kelajakda ajoyib ota-ona bo‘ladilar. Tarbiya bera olmaslik bu boshqa, urmaslik bu boshqa. Birini-biri bilan adashtirmaslik lozim.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x