Bolani emlatishdan oldin nimalar haqida bilish kerak?

Oxirgi paytda emlash masalasi bahslashadigan mavzu bo’lib qolgan. Ba’zi ota-onalar farzandini emlatishdan bosh tortsa, ba’zilari emlash muddatini o’z xohishlari bilan suradilar. Buning sababi ota-ona emlashdan bo’ladigan salbiy oqibatlardan qo’rqishidir. Lekin, ba’zi kasalliklarga qarshi bola o’z vaqtida emlanmay u kasallikni yuqtirib olsa, uning hayoti uchun o’ta xavfli bo’lishi mumkinligini unutmaslik kerak.

Demak, agar ota-ona emlatishni istasa-da, uning asoratlaridan qo’rqayotgan, quyidagi maslahatlar bilan tanishib chiqish foydadan xoli bo’lmaydi.

Emlash uchun qanday tayyorgarlik ko’rish lozim?

Agar bola sog’lom bo’lib istmasi chiqmayotgan bo’lsa, unga emlashdan oldin hech qanday antigistamin (allergiyaga qarshi) yoki istma tushiruvchi dori vositalarini ichirish kerak emas.

Faqat ba’zi allergik bolalar uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi. Bu haqda pediatr bilan maslahatlashish darkor.

Ota-ona farzandini emlashdan oldin asosan nimaga ahamiyat berishi kerak:

  • Bolani emlash muddatidan 2-3 kun oldin kasal bolalar bilan to’qnashmasligini ta’minlash lozim. Buning sababi ba’zi kasalliklar yuqib bo’lib ma’lum bir muddatdan so’ng namoyon bo’lishidir. Shuning uchun ayni emlash kuni kasallik namoyon bo’lmasligi yoki ko’chada kasallik yuqtirib olgan bolani emlamaslik uchun emlashdan oldin imkon boricha 2-3 kun boshqa bolalar bilan o’ynamasligini ta’minlash kerak.
  • Emlashdan oldin bolani istmasini o’lchash. Tana harorati ko’tarilgan bolani aslo emlash mumkin emas.
  • Emlash kuni uyda istma tushuruvchi dori vositasi mavjud bo’lishi kerak.
  • Bola emadigan bo’lsa, ona bu davrda yangi mahsulotlarni yemasligi kerak.
  • Emlashdan oldin va keyin bir necha kun bolaning turmush tarzini keskin ozgartirish mumkin emas. Ya’ni bolani qo’shimcha ovqatiga yangi mahsulotlar qo’shish, uzoq safarlarga ketish, ko’chish, kun tartibini o’zgartirish va hokazo. Bularning barchasi bola organizmiga stress keltirib emlash reaksiyasini o’zgartirib yuborishi mumkin.
  • Oila a’zolarini kasal bo’lmasligini ta’minlash zarur.

Shifokorga talab:

Shifokor bolani emlashdan oldin bola salomatligi haqida, u bilan homiladorlik qanday o’tgani va tug’ish jarayoni haqida, bolaning dori vositalariga mavjud bo’lgan allergik reaksiyasi, yaqin orada bola kechirgan kasallik yoki muolajalar va boshqa faktorlar haqida ota-onadan batafsil ma’lumot olishi zarur. Ayrim bolalarni ba’zi kasalliklar tufayli emlatish umuman ta’qiqlanadi.

Shifoxona tanlash:

  • Bolani qaerda emlashni ota-ona o’zi tanlaydi. Asosiysi, bu shifoxona barcha gigiena va tibbiyot talablariga javob berishi lozim. Agar bolani emlatuvchi hamshira shamollagan bo’lib, qo’llarida teri kasalliklari mavjud bo’lsa, u shifoxonadan voz kechishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
  • Emlash vositasi davlat ro’yxatidan o’tgan va rasmiylashtirilgan bo’lishi shart.
  • Emlash vositasi muzlatgichda saqlanayotganiga amin bo’lish kerak. Undan tashqari vosita idishi sinmagan, zararlanmagan holda bo’lishi darkor.
  • Hamshira har bir emlashdan oldin qo’lini sovunlab yuvishi kerak.
  • Emlash steril qo’lqoplarda amalga oshiriladi.
  • Bolani emlagandan so’ng kamida 30 daqiqa davomida shifoxonadan ketmaslik tavsiya qilinadi, chunki emlash vositasiga allergik reaksiya yuzaga kelsa, tez yordam ko’rsatish imkoni bo’ladi.

Buni unutmaslik kerak!

  • Agar bola qattiq kasal bo’lgan bo’lsa, rejadagi emlashni kamida 2 haftadan so’ng amalga oshirish kerak.
  • Emlashni rejada ko’rsatilgandek o’tkazish kerak, undan oldin emas. Ba’zi hollarda kechikish mumkin.
  • Emlash muddatlarini ota-ona xohishiga binoan o’zgartirish mumkin emas.
  • Emlashdan so’ng 3 kun bolani cho’miltirmaslik va ukol qilingan joyiga suv tegmaslik shifokorlar tomonidan tavsiya qilinadi.
  • Bolada ma’lum bir emlash vositasiga qarshi reaksiya bo’lmasligi bilan boshqa vositalarga bo’lishi mumkin.
  • Bolada surunkali yoki nevrologik kasalliklar mavjud bo’lsa, emlashni amalga oshirishdan oldin barcha kerakli mataxassislar bilan maslahatlashish lozim.

Agar…

  • Emlashdan so’ng bola tana harorati ko’pi bilan 38.5 darajagacha ko’tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko’p ichimlik ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo’lsa, istma tushuruvchi sirop ichirish ham mumkin.
  • Ukol qilingan joyga hech qanday kompress, maz yoki dori vositalarini surish mumkin emas.
  • Emlashga bo’ladigan reaksiya ko’pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortig’i boshqa kasallik yoki allergik holat mavjudligidan dalolat berishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda shifokorga murojaat qilish talab etiladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x