BOLANGIZDA SULAK AJRALISHI MЕYORIDAN ORTIK BULSA….

BOLANGIZDA SULAK AJRALISHI MЕYORIDAN ORTIK BULSA….

⭕️Olti oygacha bo‘lgan bolalarda so‘lakning ko‘p ajralishi tabiiy holat. Lekin, bu davrdan o‘tgan bolalarda ko‘p so‘lak ajralishiga alohida e’tibor bering.

⭕️Bolaga tish chiqishi ham so‘lakning ko‘p ajralishining sababi bo‘lishi mumkin. Tish chiqishi qiyin va og‘riqli kechganida, uni osonlashtirish uchun go‘dakingizga maxsus silikon o‘yinchoq bering.

⭕️So‘lakni yuta olmaslik ham bu holatni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday patologiya 1-2 yoshdagi, allergiyaga moyil bo‘lgan bolalarda kuzatiladi. Kichkintoyni darrov LOR shifokoriga ko‘rsating, shuningdek, logoped va allergolog maslahatlarini olish ham tavsiya etiladi. Bu muammoga iloji boricha tezroq yechim toping, aks holda bolada nutq bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.

🚫Stomatit va gingivit og‘iz bo‘shlig‘idagi kasalliklarning eng ko‘p tarqalgan turlaridandir. Bu dardga yo‘liqqanda ham yuqoridagi belgi namoyon bo‘ladi. Har qanday og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida bola pediatr va stomatolog ko‘rigidan o‘tkazilishi shart.

🚫Zaharlanish. Bolakay kimyoviy ta’sirga ega moddalarni yutib yuborganida unda haddan ziyod ko‘p so‘lak ajralishi kuzatiladi. Bunday paytda tez yordamni chaqirishga shoshiling.

🚫Oshqozon-ichak kasalliklari – oshqozon yarasi, pankreatit, gijjalar, ovqatdan zaharlanish va infeksion kasalliklarida ham bolangiz meyordan ortiq so‘lak ajrata boshlaydi. Bu holatda pediatr ko‘rigiga olib borib, tahlilga qon topshiring va qorinchasini nima bezovta qilayotganini aniqlang.

🚫Asab xastaliklari. Agar yuqoridagilarning hech biri bolada kuzatilmasa, biroq, so‘lak ajralishi meyordan ortiq bo‘lsa, farzandingizda asab tizimida o‘zgarishlar mavjud bo‘lishi mumkin. Bolakayni nevropatolog ko‘rigiga olib boring.

❗️Bolangizdagi kasallikni qancha tez aniqlasangiz, shuncha tez oldini olgan bo‘lasiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x