Bolamga taglik qo‘yganimda terisi qizarib qolyapti, nima qilsam bo‘ladi?

Bolamga taglik qo‘yganimda terisi qizarib qolyapti, nima qilsam bo‘ladi?

✍️ Shifokor Nasiba Rajabova:

🔺 Taglikni 3-4 soatdan ko‘p vaqt taqmang.
🔺Taglikni yechganingizdan so‘ng 10-15 daqiqa shu holatda qolsin. Teri toza havodan nafas olishi lozim.
🔺1 haftada 3 marta bolangizni cho‘miltiring, cho‘miltirishdan avval suvga chereda hamda moychechak (romashka) soling.
🔺 Zararlangan soha uchun yog‘dan emas, bolalar kremidan foydalaning.
🔺Bola terlashini oldini oling, sifati yaxshi, paxtadan tayyorlangan kiyimlar kiydiring. Sintetik matolardan kiyim kiydirmang.
🔺Xona harorati 18-20 darajada ekanligiga e’tiborli bo‘ling.
🔺Gipoallergen tagliklar kiydiring.

✅ Bolalar terisi nozik bo‘lganligi hamda teri kasalliklari tez rivojlanganligi sababli shifokor pediatrga ko‘rinish tavsiya etiladi.
© Soglomhayot

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x