Bolalik – umrning eng mazmunli davri

Jak Iv Kusto hikmatlaridan

 

  • Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni muvaffaqiyat deyish mumkin.
  • Agar mantiqqa bogʻlanib qolganimizda, kelajak bizga afsus-nadomatlar olib kelardi. Mantiqdan muhimroq narsalar bor. Biz odamlarmiz. Eʼtiqod va umidga egamiz, mehnat qila olamiz.
  • Birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi.
  • Haqiqiy boylik – hayotning oʻzi va qizgʻin faoliyatdir.
  • Suvda yoki quruqlikda bajarayotgan amallarimizning qadr-qiymati boylikka intilish bilan emas, insonga hurmat koʻrsatish bilan baholanishi kerak. Dengiz ustida ham, tubida ham asosiy tashvishimiz insoniyatning kelajagi boʻlishi zarur.
  • Bolalik – umrning eng mazmunli davri.
  • Baliqning xatti-harakatlarini kuzatishning eng yaxshi yoʻli – baliq boʻlish.
  • Girdob va hayot bir narsa ekanini unutib qoʻydik.
  • Yer inson qoʻlidan butun tarixiga nisbatan XX asrda koʻproq aziyat chekdi.
  • Odam ahmoqlik qilishni istaganidagina aqlidan foydalana boshlaydi.
  • Dengiz – odamzotning yagona ilinji. Bu fikr har doimgidan koʻra bugun oʻz tasdigʻini topyapti – chunki barchamiz bitta qayiqdamiz.
  • Men bir safar okean kasal, lekin hech qachon oʻlim toʻshagida boʻlmagan, degan edim. Okeanda oʻlik joy yoʻq – unda hamisha hayot hukmron. Lekin u yildan yilga kuchsizlanib boryapti.
  • Agar tanlagan yoʻlimizdan ketaversak, bizni ochkoʻzlik adoyi tamom qiladi. Yoʻnalishni oʻzgartira olmasak, tez orada Yer yuzidan yoʻqolamiz, oʻrnimizni qurt-qumursqalar egallaydi.
  • Qanchalik keng boʻlmasin, biror-bir akvarium, biror-bir sunʼiy suv havzasi dengizdagi tabiiy sharoitni yarata olmaydi.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 8-sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/ijod/nasr/bolalik-umrning-eng-mazmunli-davri/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x