Bolalarga muzqaymoqni necha yoshdan berish mumkin?

❓Bolalarga muzqaymoqni necha yoshdan berish mumkin?

🍦Biz pediatrlar bolalarga uch yoshga to’lmaguncha muzqaymoq berishni tavsiya qilmaymiz. Chunki uch yoshgacha bo’lgan bolalar oshqozon-ichak traktining ayrim funksiyalari hali to’liq shakllanmagan bo’ladi. Halqumda mahalliy immunitetning yaxshi rivojlanmaganligi hisobiga tomog‘i og‘rib qoladi. Bolalarning ovqat hazm qilish tizimi sutni yaxshi o’zlashtiradi, ammo muzqaymoq tarkibidagi boshqa qo’shimchalar unga og’irlik qiladi.

🍧 Bolalarga muzqaymoq tanlaganda shakar va yog’ miqdori minimal bo’lgan, konservant, bo’yoqlar va aromatlarsiz muzqaymoqni tanlash kerak.

❗️6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga muzqaymoqni eritilgan holda berish lozim. Shunda siz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tomoq og‘rig‘ini oldini olgan bo‘lasiz.

© Doctor Muxtorov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x