Bolalarda meningit – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Bolalarda meningit – miya pardalarining infeksion-yalligʻlanishi. Bolalarda meningit – umumiy infeksion belgilar (gipertermiya), umumiy miya (bosh ogʻrigʻi, qayt qilish, talvasalar, es-hushning buzilishi va meningial sindromlar (ensa mushaklari rigidligi, umumiy giperesteziya, meningial holat, Kernig, Lessaj, Brudzinskiy simptomlari musbat boʻlishi, katta liqildoqning shishib qolishi) bilan kechadi. Meningit diagnostikasida lumbal punksiya, likvorni tekshirish va qon analizidan foydalaniladi. Bolalarda meningit davosida – bolani shifoxona sharoitida davolash, yotoq tartibi, antibiotik yoki viruslarga qarshi preparatlar qoʻllash, dezintoksikatsion va degidratatsion davo oʻtkaziladi.

bolalarda meningit

Umumiy maʼlumot

Bolalarda meningit – neyroinfeksion, bosh va orqa miya yumshoq pardasining yalligʻlanishidir. Kasallik umumiy infeskion, miya, meningial belgilar va orqa miya suyuqligi yalligʻlanish belgilari bilan kechadi. Pediatriya va bolalar infeksion kasalliklari sohasida meningit kasalligi alohida oʻringa ega, chunki kasallik oqibatida MNT da jiddiy oʻzgarishlar kelib chiqadi, kasallik asoratlari va oqibatlari juda ogʻir, oʻlim holatining koʻp qayd etilishidir. 14 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida kasallik bilan har 100 ming bolaning 10 tasiga toʻgʻri keladi, shular ichidan 80 % ga yaqini 5 yoshgacha boʻlgan bolalardir. Oʻlim holatining qayd etilishi bemorning yoshiga bogʻliq: bemor yoshi qancha kichik boʻlsa oʻlim kuzatilish ehtimoli shuncha yuqori.

Bolalarda meningit sabablari

Bolalarda meningit turli xil infeksiyalar taʼsirida rivojlanishi mumkin: bakteriya, virus, zamburugʻ va sodda mikroorganizmlar. Ular orasidan meningitga eng koʻp sabab boʻluvchilar – bakteriyalardir: meningokokk, pnevmokokk, gemofil tayoqcha b seroguruhi, stafilokokk, enterobakteriyalar, sil mikobakteriyasi hisoblanadi. Virus etiologiyali meningit koʻpincha Koksaki, epidemik parotit, suvchechak, qizamiq, qizilcha, poliomiyelit, gerpes, enterovirus, adenovirus va boshqa virusli kasalliklar bilan birgalikda kuzatiladi.

Zamburugʻlar, rikketsiyalar, spiroxeta, toksoplazma, malyariya, gelmentlar va boshqa patogen mikroorganizmlar sababli kelib chiqadigan bolalar meningiti kam kuzatiladigan kasalliklar qatoriga kiradi.

Infeksiya manbayi boʻlib, bemor inson yoki bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Infeksiya havo-tomchi, xoʻjalik buyumlari orqali, alimentar, suv, transmissiv, vertikal, gematogen, limfogen, perinevral yoʻllar orqali yuqishi mumkin.

Yangi tugʻilgan bolalarda meningit rivojlanishiga olib keluvchi xavfli holatlar – homiladorlikning salbiy kechuvi, tugʻruq vaqtidagi travmalar, homila gipoksiyasi, chala tugʻilish, homila ichi infeksiyasidir. Bundan tashqari erta yoshdagi bolalarda kasallik rivojlanishida turli aʼzolardagi yiringli infeksiya oʻchoqlari (otit, mastoidit, sinusit, faringit, tonzillit, gastroenterokolit, frunkul, osteomiyelit, endokardit), OʻRVI, ichak infeksiyalari hamda bosh miya jarohatlari ham katta ahamiyat kasb etadi.

Bolalarda meningit rivojlanishiga beriluvchanligining sabablari bor, ularga immun tizimining toʻliq shakllanmaganligi, gematoensefalik barerning oʻtkazuvchanlik xususiyati yuqori boʻlishi kabi holatlarni misol qilib keltirish mumkin. Patologik jarayon rivojlanishiga olib keluvchi holatlar gipotrofiya, bolalar parvarishidagi xatoliklar, sovuq qotish, iqlim oʻzgarishi, stress holatlar, jismoniy zoʻriqish boʻlib hisoblanadi. Bolalarda meningit rivojlanishida mavsumiylik xos, yaʼni kasallik koʻpincha qish-bahor mavsumiga toʻgʻri keladi va kasallik har 10-15 yilda koʻp qayd etiladi.

Kasallik patogenezi

Bolalarda meningit rivojlanishida infeksiya uchun darvoza boʻlib koʻpincha nafas yoʻllari va oshqozon ichak tizimi shilliq qavatlari xizmat qiladi. Qoʻzgʻatuvchining miya pardalariga borishi gematogen, segmentar-vaskulyar yoki kontakt yoʻli bilan amalga oshadi. Toksiyemiya va biologik faol moddalarning koʻplab ajralib chiqishi gematoensefalik barerdan mikroorganizmlarning oʻtishini osonlashtiradi, hamda infeksiya va ularning toksinlari miya pardalarida seroz, seroz-yiringli yoki yiringli yalligʻlanish keltirib chiqaradi.

Yalligʻlanish mahsulotlari toʻplanishi bosh miya qorinchalarida qon tomirlar chigalini qoʻzgʻatadi, natijada likvor sintezi kuchayadi va bosh miya ichki bosimi oshadi. Aynan mosh miya ichki bosimi oshishi sababli meningit klinik belgilari yuzaga chiqadi. Bosh miya toʻqimlari ezilishi, perfuziyaning buzilishi, gipoksiya rivojlanishi, bosh miya qon tomirlaridan suyuqlikning toʻqimalar orasiga toʻplanishi bosh miya shishiga sabab boʻladi.

Meningit toʻgʻri davolansa ekssudat soʻriladi, likvor produksiyasi yaxshilashadi va bosh miya ichki bosimi pasayadi. Agar davo muolajalari oʻz vaqtida ekssudat yiringlashi, fibroz hosil boʻlishi, likvor dinamikasi buzilishi va gidrosefaliya rivojlanishi mumkin.

Bolalarda meningit klassifikatsiyasi

Birlamchi meningit yalligʻlanish jarayonining mahalliy infeksion zararlanish natijasida kelib chiqadi. Ikkilamchi meningit esa boshqa kasallik natijasida, yaʼni kasallik asorati sifatida rivojlanadi.

Meningit kasalligida miya pardalarining zararlanish chuqurligiga qarab quyidagilarga boʻlinadi: panmeningit – barcha miya pardalarining yalligʻlanishi, paximeningit – miya qattiq pardasi yalligʻlanishi; leptomeningit – toʻrsimon va yumshoq parda yalligʻlanishi. Aroxnoidit – toʻrsimon parda yalligʻlanishi;

Intoksikatsion va umumiy miya sindromlari darajasiga qarab: yengil, oʻrta va ogʻir darajadagi meningit farqlanadi. Neyroinfeksiya kechishi: chaqmoq tezligida, oʻtkir, oʻtkir osti va surunkali shakllari farqlanadi.

Etiologiyasiga koʻra; virusli, bakterial, zamburugʻli, rikketsioz, spiroxetoz, gelmentlar sababli va aralash turlarga boʻlinadi. Likvor oʻzgarishiga koʻra seroz, gemorragik va yiringli boʻlishi mumkin.

Bolalarda meningit simptomlari

Etiologiyasidan qatʼiy nazar meningit kechishi bir xil, yaʼni umumiy intoksikatsion, umumiy miya va meningial belgilar, hamda likvor oʻzgarishida kuzatiladigan simptomlar kuzatiladi.

Umumiy intoksikatsion belgilar bolalarda tana haroratining oshishi, taxipnoe, taxikardiya, bolaning ovqatdan bosh tortishi bilan yuzaga chiqadi. Teri qoplamalarining oqarishi yoki giperemiyasi, terida gemorragik toshmalar, mayda qon tomirlarning emboliya natijasida yorilishi ham kuzatiladi. Nospetsifik simptomlar meningitning oʻgir koʻrinishlarida namoyon boʻladi: buyrak usti bezi yetishmovchiligi – meningokokkli infeksiya, nafas yetishmovchiligi – pnevmokokkli infeksiya, kuchli diareya – enterovirusli infeksiya taʼsirida.

Umumiy miya belgilarida – bosh ogʻrigʻi, miya pardalarining toksik va mexanik taʼsiri natijasida kelib chiqadi. Bosh ogʻrigʻi diffuz, mahalliy boʻlishi mumkin. Qayt qilish markazining reflektor yoki toʻgʻridan-toʻgʻri zararlanishi natijasida qayta qayta yuzaga keluvchi qayt qilishlar, qayt qilishning ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlmasligi, hamda qayt qilgandan soʻng bemorda yengillik hissi paydo boʻlmasligi kuzatiladi. Es hushning buzilishi psixomotor qoʻzgʻaluvchanlik, sopor, stupor va koma holatlari bilan kechadi. Koʻpincha meningitda bolalar talvasa holatiga tushadi, bunda tonik, klonik hamda toniko-klonik talvasalar kelib chiqishi mumkin.

Bolalarda meningit kasalligida har doim meningial sindromlar kuzatiladi. Bola yon tarafiga yotib oladi, boshini ortga egadi, qoʻllari bilan tizzalarini quchoqlab oladi, bolada turli xil taʼsirlarga sezgi yuqori boʻladi: giperesteziya, blefarospazm, giperakuziya holatlari kuzatiladi. Meningitga xos boʻlgan yan bir simptom ensa mushaklari rigidligidir (bola iyaklarini toʻshga yaqinlashtirishning imkoni boʻlmaydi).

Bosh miya ichki bosimi oshishi natijasida katta liqildoqning shishib qolishi, pulsatsiyalanishi kuzatiladi. Kernig, Brudzinskiy, Lessaj, Mondonezi, Bexterev simptomlari musbat boʻladi.

Yiringli meningitda infeksion-septik belgilar ham rivojlanadi: pnevmoniya, artrit, endokardit, perikardit, epiglottit, osteomiyelit, sepsis. Nerv tizimi tomonidan kelib chiqadigan kech asoratlarga aqliy qobiliyatning buzilishi, gipertenziv-gidrosefalik sindromlar, epilepsiya, paralich va parezlar, gipotalamik sindromlar, bosh miya nervlari zararlanishi (gʻilaylik, ptoz, karlik, yuz assimetriyasi va boshqalar).

Kasallik diagnostikasi

Pediatr va bolalar infeskionisti uchun meningit diagnostiaksida epidanamnez yigʻish, klinik belgilarni aniqlash va meningial sindromlarni tasdiqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning umumiy ahvolini toʻgʻri baholash uchun bolalar nevrologi, oftalmologi, otolaringolog va neyroxirurg tekshiruvlari kerak boʻladi.

Bolalarda meningitga shubha qilinganda lubmal punksiya qilish va likvorni biokimyoviy, bakteriologik, virusologik va sitologik tekshiruvlardan oʻtkazish kerak boʻladi. Natijalarga qarab seroz yoki yiringli jarayon farqlanadi.

Serologik tekshiruvlar (RNGA, RIF, RSK, IFA) yordamida infeksiyalarga qarshi ishlab chiqarilgan maxsus antitelolar aniqlanadi. PZR tekshiruvi orqali qoʻzgʻatuvchining DNK si aniqlanadi. Bundan tashqari qon bakteriologik tekshiruvi oʻtkaziladi.

Koʻrsatma boʻyicha neyrosonografiya, rengtenografiya, EEG, MRT tekshiruvlari oʻtkaziladi. Meningit subaroxnoidal qon quyilishlar, bosh miya oʻsmalari, Rey sindromi, neyroleykoz, diabetik koma va boshqalardan differensatsiya qilinadi.

Bolalarda meningit davosi

Bolalarda meningitga shubha qilinsa darhol shifoxonaga yotqiziladi. Oʻtkir davrda bolalarga yotoq tartibi, maksimal darajada tinchlik, mexanik va kimyoviy diyeta buyuriladi, gemo va likvorodinamika, fiziologik zaharlanish doimo tekshirib turiladi.

Meningit etiotrop davosida mushak ichi yoki vena ichiga antibakterial preparatlar yuborish kerak boʻladi: penitillin, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, karbapenlar. Meningitning ogʻri koʻrinishlarida antibiotiklar endolumbal yuboriladi. Bolalarda antibiotikterapiya 10-14 kun davomida olib boriladi.

Bolalarda meningit etiologiyasi aniqlangach meningokokka qarshi gamma-globulin yoki zardob yuboriladi, viruslarga qarshi atsiklovir, interferon va immunomoudlyatorlar qoʻllaniladi.

Kasallik patogenetik davosida dezintoksikatsion davo (turli xil fiziologik eritmalarni infuziya yoʻli bilan quyish), degidratatsion davo (furosemide, mannitol), talvasaga qarshi davo (GOMK, tiopental natriy, fenobarbital) kabi muolajalar olib boriladi. Bosh miyada ishemiyaning oldini olish maqsadida nootrop va neyrometobolitlar qoʻllaniladi.

Meningitning ogʻir koʻrinishlarida bolalar sunʼiy nafas olish apparatiga oʻtkaziladi.

Meningit oqibati va profilaktikasi

Bolalarda meningit oqibati kasallikning etiologiyasi, ogʻirlik darajasi, oʻz vaqtida olib borilgan davo muolajalariga qarab aniqlanadi. Hozirgi kunda deyarli barcha bemorlarda toʻliq davolanish kuzatilmoqda, 1-5 % gina holatlarda oʻlim holati qayd etiladi. Meningit bilan kasallangan bolalar doimo pediatr, infeksionist va nevropatolog tekshiruvlaridan oʻtib turishlari kerak boʻladi.

Meningit kasalligini oldini olish uchun emlash olib boriladi. Kasallangan bola aniqlanadigan boʻlsa karantin eʼlon qilinadi va bemor bilan kontaktda boʻlganlarda gamma-globulinlar yoki zardob beriladi. Kasallikning nospetsifik profilaktikasiga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, ovqatlanish tartibini yaxshilash va surunkali infeksion kasalliklarni davolash kabi chora tadbirlar kiradi.


Bolangizni parvarishlashda ishonchli va foydali maʼlumotlar zarurmi? Marhamat, “Lalu — Onalar maktabi” mobil ilovasini hoziroq bepul yuklab oling.

Ilova orqali chaqaloq va bola rivojlanish kalendari, farzandingizni toʻgʻri parvarishlash boʻyicha koʻrsatmalar, bolalarda koʻp kuzatiladigan kasalliklar haqida maʼlumotlar olishingiz, emlash taqvimi va vazn/uzunlik kabi koʻrsatkichlarini nazorat qilib borishingiz mumkin.

Hoziroq bepul yuklab oling

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x