Bolalar tagligi foydalari va zararlari

Pamperslar paydo bo’lishi bilan yosh onalar hayoti ancha engillashdi desak xato qilmaymiz. Endi kuniga 10 marta bolaning tagini almashtirib, yuvishning hojati qolmaydi. Bundan tashqari, kechasi bola tagini xo’llab qo’ysa ham ota-onasi va o’zining shirin uyqusini buzmaydi. Xullas, pampersning foydali tomonlari juda ko’p. Lekin, bunday tagliklar bola sog’lig’i uchun xavfli, degan gap ham yo’q emas.

An’anaviy tagliklar pamperslardan foydalimi? 
Bu noto’g’ri mulohaza. Chunki matoli taglik namlikni shimib olish xususiyatiga ega emas. Bunday taglik bolaning terisini quruq saqlay olmaydi, qolaversa, mato namlansa, yumshoqligini yo’qotadi. Natijada bolaning terisi qizarib achishishi mumkin. Zamonaviy pamperslar namlikni o’ziga tortib olib, bolaning terisini quruq saqlaydi. Agar undan to’g’ri foydalanib, har 3-4 soatda almashtirilib turilsa, bola xech qanday zarar ko’rmaydi.

Bolaning oyog’ini qiyshaytiradimi?
Malakali mutaxassislarning ta’kidlashicha, pamperslar bolaning to’g’ri o’sishiga xech qanday zarar ko’rsatmaydi. Qolaversa, pamperslar oyoq va son bo’g’imlariga xalaqit qilmaydi.

Pampersda teri «nafas olmaydi».
 Bilsangiz, sifatli pamperslar havo o’tkazish xususiyatiga ega. Ular boshqalardan narxi va ko’rinishi bilan ajralib turadi. Lekin har qancha sifatli va qimmat pampersdan foydalansangiz ham, har safar uni almashtirayotganda kamida yarim soat bolaning terisiga dam berishga odatlaning.

O’g’il bolalar uchun havflimi?
Onalar o’rtasida «o’g’il bolaga pampersni ko’p kiydirish kelajakda bepushtlikni keltirib chiqaradi» degan gap yuradi. Aslida-chi? Aynan shu mavzuda izlanish olib borgan olimlar allaqachon pampersning o’g’il bolaning salomatligiga xech qanday zarar qilmasligini isbotlab berishgan. Agar pampers kiydirish va gigiena qoidalariga to’g’ri amal qilinsa, albatta.

Qizlar uchun-chi?
Yuqorida aytilganidek pamperslar o’g’il bolalar uchun katta havf keltirmaydi, ammo qizlarga kelganda undan ehtiyotkor bo’lish talab qilinadi. Negaki, e’tiborsizlik tufayli go’dakda tsistit va boshqa virusli kasalliklar paydo bo’lishi xech gap emas. Shuning uchun, mutaxassislar har gal qiz bolaning tagligini almashtirayotganda uni, albatta, yuvintirish kerakligini ta’kidlashadi. Shunday ekan, nam salfetkani chetga surtib, suvni iliting va shirintoyingizni yuvintirishga odatlaning.

Pampers necha yoshgacha kiyiladi? 
Ma’lum bo’lishicha, bola 12-20 oyligidan boshlab tuvakka o’tirish darajasiga etadi. Aynan mana shu paytda u o’zining hatti-harakatlariga nisbatan javobgarlik seza boshlaydi. Ammo bu bola 1 yoshidan boshlab, pampers bilan butunlay xayrlashishi kerak degani emas. Bolaning necha yoshigacha pampers kiyishi yoshiga emas, boshqa narsaga bog’liq. Masalan: bolani kunduzi tuvakka o’tirg’izish mumkin, lekin tunda tagi ho’l bo’lib bezovtalanmasligi uchun esa pampersdan foydalanish o’rinli. Bunday holatda bola qachonki ertalab tagi to’liq quruq bo’li uyg’onsa, shunda pampers bilan hayrlashsa bo’ladi. Yana bir holat: ayrim bolalar pampersda o’zini yaxshi xis etmaydi va kiyganda ko’p bezovtalanadi, mana shunday vaziyatlarda pampersdan iloji boricha ertaroq qutulish tavsiya etiladi. Shuningdek, juda faol bolalarni pampersdan erta ajratish maqsadga muvofiq.

Muddatga e’tibor bering.
Pampersdan foydalanishning kunduzgi normasi 2-3 soatni tashkil qiladi. Bordiyu, bola 1 soatda tagini to’ldirib qo’ysa, unda darxol boshqasiga almashtirish kerak bo’ladi. Uyqu paytida yuqorida belgilangan muhlatga atigi bir soat qo’shish mumkin. Mabodo, bola tagi namligini sezmay uhlashda davom etsa, uni uyg’otmay turib ham tagini almashtirish mumkin. 

Qanday hollarda tagliklardan foydalanmagan ma’qul?

Taglik bola gavdasining qariyb uchdan bir qismini yopib turadi, shu tufayli, agar bolada yuqori harorat kuzatilayotgan bo‘lsa, u issiqlik almashuvi normal kechishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ichak faoliyati buzilganida, xususan, ich suyuq kelayotganda, taglik kiyib yurish teriga zarar yetkazishi mumkin. Pediatrlar, shuningdek, bola chala tug‘ilganida dastlabki to‘rt—olti hafta davomida taglikdan foydalanmaslikni tavsiya qiladi.

‍Tagliklar allergiya keltirib chiqarishi mumkinmi?

Ha, agar taglikdan foydalanganda, bolaning terisi qizarsa, toshmalar yoki dog‘lar paydo bo‘lsa, bu individual ko‘tara olmaslik yoki kontaktli dermatit bo‘lishi mumkin. U holda dastlab taglik markasini almashtirib, maxsus kremdan foydalanib ko‘ring, simptomlar o‘tib ketmasa, albatta pediatr bilan maslahatlashing. Ehtimol, bunday ota-onalarga tuvakka barvaqt o‘rgatish usulidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.

Tagliksiz qanday amallash mumkin?

Bolani tuvakka barvaqt (chaqaloq tug‘ilganidan keyingi ilk haftalardanoq) o‘rgatish uni tagliksiz ham eplash imkonini berishi mumkin.
 Bundan tashqari, oddiy yo‘rgaklar yoki ko‘p martalik matoli tagliklardan foydalanish mumkin. Nima bo‘lganda ham, bir martalik taglik bola va onaning faqat “vaqtinchalik” do‘sti ekanligini unutmang. O‘z farzandlarini zamonaviy tagliklarsiz katta qilgan ona-buvilardan maslahat oling.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x