BOLALAR NAFAQASI OLISH UCHUN PROPISKADA BO‘LISH SHARTMI ?

BOLALAR NAFAQASI OLISH UCHUN PROPISKADA BO‘LISH SHARTMI ?

⚡️Savol;
Farzandlarimga ijtimoiy nafaqa olish uchun mahallaga murojaat qilganimda siz bu yerda ro‘yxatda turmas ekansiz deb arizamni qabul qilishmadi. Endi nima qilsam bo‘ladi. Propiskamni shuyerga ko‘chirib kelishim kerakmi ?

⚡️Javob;
Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, haqiqatdan xam bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi deb ko‘rsatilgan.

❗️Lekin, yuqoridagi nizomda yana bitta norma bor. U normaga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa olishda oilaning muomalaga layoqatli istalgan a’zosidan biri (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar vahokazo..), ariza beruvchi bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

✏️ Demak, faqat Siz emas ijtimoiy nafaqa olish uchun Sizni o‘rningizga o‘sha yerda doimiy propiskada bo‘lgan istalgan oila a’zolardan biri (Masalan turmush o‘rtog‘ingiz) ariza topshirishi mumkin. Buning uchun Siz albatta qizlik uyingizdan ro‘yxatingizni ko‘chirib kelishingiz shart emas.

❗️Xurmatli maxalla hodimlari! Yo‘q joydan fuqarolarni sarson qilmay ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar !!!

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x