Bolalar haqida hikmatlar

Bolalaringga sukut saqlashni oʻrgat. Gapirishni oʻzlari oʻrganib oladi.

Benjamin Franklin

 

Agar bolalardagi shoʻxlikni oʻldirsangiz hech qachon aqlli odamni tarbiyalay olmaysiz.

Jan Jak Russo

 

Bolalar ularga gapirmagan paytingizda diqqat bilan eshitadi.

Eleanora Ruzvelt

 

Bolalikda ongga singdirilgan qonun-qoidalar yosh daraxt oʻyilgan harflarga oʻxshaydi: bir umr birga boʻladi.

Viktor Gyugo

 

Agar bolalar gapingni eshitishini xohlasang, kim bilandir past ovozda gaplashib koʻr.

Enn Landers

 

Bolaning bir soati qariyaning bir kunidan uzunroq.

Artur Shopengauer

 

Bolalar – bizning ertangi sudyalarimiz.

Maksim Gorkiy

 

Qabrimiz ustida yigʻlashi uchun bolalaringizni koʻz yosh toʻkishdan asrang.

Pifagor

 

Insoniyatni bolalarsiz bunchalik sevib boʻlmasdi.

Fyodor Dostoyevskiy

 

Odobli bola ota-onasini kasal boʻlibgina xafa qilishi mumkin.

Konfutsiy

 

Bolalar hammani yaxshi koʻradi, ayniqsa unga eʼtibor va mehr koʻrsatganlarni.

Lev Tolstoy

 

Oldin bolaga eshitishni oʻrgat, keyin istagan narsangni oʻrgata olasan.

Benjamin Franklin

 

Besh yoshli boladan mengacha bir qadam. Yangi tugʻilgan bola bilan mening oramda esa bir dunyo masofa bor.

Lev Tolstoy

 

Ruschadan Orifjon Madvaliyev tarjimasi

 

2009

https://saviya.uz/ijod/nasr/bolalar-haqida-hikmatlar/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x