BOLAGA OʻYINCHOQ TANLASH

BOLAGA OʻYINCHOQ TANLASH:
Bolalar yaxshi va yomon degan tushunchani mustaqil ajrata olishmagani sababli ham ularga barcha narsani ham ravo koʻrib boʻlmaydi. Bolaning nazarida uning eng ishonganlari yaʼni otasi va onasi olib bergan, ruxsat bergan barcha narsalar YAXSHI hisoblanadi. Shu sababdan, farzandingizga nima olib berayotganingizga eʼtiborli boʻling. Quyida keng tarqalgan oʻyinchoqlar haqida aytib oʻtaman:
1. Shaqildoqlar — bular, asosan, chaqaloqlar uchun foydali, eshitish organiga va rang-barangligi bilan koʻrishga ham foydali. Ammo, bunday oʻyinchoqlar aksari sinuvchan plastmassa boʻlgani uchun uni «kuchga toʻlgan», narsalarni uloqtira oladigan bolangizdan olib qoʻyganingiz maʼqul. Singandan soʻng oʻzidagi oʻtkir qirralari bilan bolaga zarar yetkazadi.
2. Yonib oʻchadigan oʻyinchoqlar — bu turdagi oʻyinchoqlarni olishda biroz oʻylab koʻrish kerak. Miltillab oʻchib yonib turuvchi chiroqlar, koʻzni qamashtiradigan darajadagi chiroqlar bolaning asab tizimini taranglashtiradi.
3. LEGO — bu juda-juda foydali oʻyinchoq hisoblanadi. Ammo, mayda boʻlakli legolar 2yoshgacha bolalarga mumkin emas. Mayda boʻlaklarni yutib yuborish ehtimoli bor. 2yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 0+ legolarni albatta bolangizga xarid qilib bering. Chunki, ular bolada mustaqil fikrlash va dunyoqarashni rivojlantiradi.
4. Qoʻgʻirchoqlar — 3yoshgacha boʻlgan har qanday bolaga mumkin. Chunki, 3yoshgacha boʻlgan bola qiz bola va oʻgʻil bola degan tushunchadan yiroq boʻlgani bois oʻgʻil bolalar ham oʻynasa boʻladi. Toʻgʻri, bu gʻalati tuyulishi mumkin. Ammo, mitti odamchalar yaʼni qoʻgʻirchoqlarni oʻynagisi kelayotgan oʻgʻilchangizda otalik instinkti borligi haqiqat. Biz oʻzimiz oʻgʻlimizga qoʻgʻirchoqqa mehr berishga qoʻymaymiz va oqibatda uning miyasida bolaga faqat ona mehribonchilik qilishi kerak degan fikr paydo boʻladi. Balki, mehrsiz otalar paydo boʻlish sababi ham shundandir.
5. Mashinalar — bular ham 3yoshgacha boʻlgan barcha bolalarga berilsa boʻladi. Qizaloqlarga ham 😊
❗️Qoʻgʻirchoq tanlashda juda ziyrak boʻlishingizni soʻrab qolaman. Farzandingizga qomati bilinib turuvchi, tor va bashang kiyimli qoʻgʻirchoqlarni emas, haqiqiy yosh bola qoʻgʻirchoqlar olib bering.
Davomi bor…

@Bolalarshifokori1

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x