Bola beshikdan yiqilguncha,
Podsho taxtidan yiqilsin.
Bol — shirin, boldan — bola shirin.
Bola bo’lsa, beshik topilar.
Bola bo’lsa, sho’x bo’lsin,
Sho’x bo’lmasa, yo’q bo’lsin.
Bola ko’ngli — podsho.
Bola — xondan ulug’.
Bola o’nga kirsa, otasi songa kirar.
Bola — qalbi gul.
Bolah uyda sir yotmas,
Bolasiz uyda kir yotmas.
Bolali xotin — gul xotin,
Bolasiz xotin — tul xotin.
Bolalik ona nonga to’ymas,
Bolalik g’oz — donga.
Bolalik — podsholik.
Bolalik qarg’aga don tegmas.
Bolali qo’rg’onga bog’ yetmas.
Bolalining beh — chinor,
Bolasizning beli sinar.
Bolang yomon bo’lsa ham, omon bo’lsin.
Bolasi ko’p bo’lar boy,
Bolasi yo’q — quruq soy.
Bolasiz xotin sumakka to’ymas.
Bolasizning moli — uvol,
Imonsizning — joni.
Bo’y qiz — uchirma qush.
Gap unda emas, bug’doyda.
Gung bolaning gapini
Kar onasi tushunar.
Gung qizning tilini onasi tushunar.
Davlating — ota-onang,
Savlating — o’g’il-qizing.
Davlatning boshi — farzand.
Yelka yag’ri — otaga meros,
Ota yag’ri — o’g’ilga meros.
Yolg’iz bola — boshga balo.
Yolg’iz bola — yovdan yomon.
Yolg’iz bola yig’loq bo’lar,
Yolg’iz tuya — baqiroq.
Yolg’iz o’g’il yovdan qattiq,
Xotini qahnoqdan qattiq.
Yolg’iz qiz — yalama tuz.
Yomon bo’lsa ham omon bo’lsin.
Yomon o’g’il boqquncha,
Etagingni qoq.
Yomon qizni boqquncha,
Do’ppingni qoq.
Yomon o’g’il — molga o’rtoq,
Yaxshi o’g’il — jonga.
Yigitning chirog’i — qizi bilan o’g’li.
Kiyiming yomon bo’lsa, bir yog’ingga yarar,
Bolang yomon bo’lsa, bir kuningga yarar.
Nevarani boqma,
Shotutni qoqma.
Nor o’lsa, norchasi qolar.
Odam mevasi — farzand.
Olti o’g’illining olti arshda moli bor.
Ona bilan bola — gul bilan lola.
Ona — daraxt, bola — meva.
Ona — mehribon, ota — g’amg’uzor.
Onaga o’xshab qiz tug’ilmas,
Otaga o’xshab — o’g’il.
Onali yetim — gul yetim,
Otali yetim — shum yetim.
Onali kelin — qarqara,
Onasiz kelin — tasqara.
Onang o’gay bo’lsa, otang o’zingniki emas.
Onangni quyosh bilsang,
Otangni oy bil.
Onaning ko’ngh bolada,
Bolaning ko’ngli dalada.
Onasi yalamaganga otasi qaramas.
Onasi qimizak yesa,
Qizining tishi qamashar.
Ota bezori — xudo bezori.
Ota bola uchun taxt yasar,
Baxt yasata olmas.
Otangga qilganingni bolangdan ko’rarsan.
Podshoning hukmidan bolaning hukmi zo’r.
Pulni pul topar,
O’g’ilni — qiz.
Tuz asrama, suv bo’lar,
Qiz asrama, quv bo’lar.
Tuqqan hisobmas, boqqan hisob.
Tuqqaniga suyunma, turganiga suyun.
To’ng’ich bola tug’ bo’lar.
Uy qizi — palaxmon toshi.
Farzand baxti — ona taxti,
Farzand kamoli — ota jamoli.
Farzand — belning quvvati.
Farzand boqqan ota,
Jonni qoqqan ona.
Farzand — dilband,
Farzand — qanot.
Farzand dog’i yondirar,
Payti kelsa, kuydirar.
Farzand — jonga payvand.
Farzand ko’rdingmi, ko’chat ek.
Farzanddan yo’rgak ayama.
Farzandim — asal-qandim.
Farzandim — dilbandim,
Sevganim — asal-qandim.
Farzanding — davlating,
Fazilating — ziynating.
Farzandni boqish qiyin,
Farzandga yoqish qiyin.
Farzandsiz kishi — mevasiz daraxt.
Xotin — uyning guli,
Bola — dilning.
Xotinga — pusht,
Xamirga — musht.
Xotinim qiz tug’di deb o’pkalama,
Sherning erkak-urg’ochisi barobar.
Xotinni yaxshi ko’rsatgan
Qo’lidagi bolasi.
Daraxtni yaxshi ko’rsatgan
Shoxidagi mevasi.
Xotinsiz o’tish — xato,
Bolasiz o’tish — jafo.
Chaqaloq allada aziz.
Chiqqan qiz chiydan tashqari.
Yaxshi bo’lsa — bola,
Yomon bo’lsa — balo.
Yaxshi farzand — gul,
Yomoni — bir pul.
Yaxshi o’g’il otadan olti botmon ziyod bo’lar,
Yomon o’g’il otadan olti botmon kam bo’lar.
Yaxshi o’g’il tindirar,
Yomon o’g’il o’ldirar.
Yaxshi o’g’il uy tuzar,
Yomon o’g’il to’y buzar.
Yaxshi o’g’il — el obro’si,
Yaxshi qiz — uy obro’si.
Yaxshi o’g’ildan rahmat yetar,
Yomon o’g’ildan — la’nat.
O’z bolang o’zagiga tepsang ham ketmas.
Kishi bolasi mayiz bersang ham turmas.
O’nta bo’lsa o’rni boshqa,
Qirqta bo’lsa — qilig’i.
O’ttizga kirgan yigitning
O’tin olguday o’g’li bo’lsin.
O’g’il bilan qizing — Bamisoli ikki ko’zing.
O’g’il yeb o’rga ketar,
Qiz yeb qirga ketar.
O’g’il yoqqan chiroqni qiz ham yoqar.
O’g’il otasi mard bo’lsa,
Qiz otasi — bechora.
O’g’il otasiga o’xshamasa, qoni harom.
O’g’il — uyning bulbuli,
Qiz — uyning guli.
O’g’il qanotli ot bo’lsa,
Qiz qanotli qushdir.
O’g’il-qiz yaxshi bo’lsa,
Ota-ona xursand.
O’g’il-qiz dono bo’lsa,
El-u yurt xursand.
O’g’ilga o’ttiz uydan tilov bor,
Qizga qirq uydan ishlov bor.
O’g’illi uy — farishta,
Qizli uy — sarishta.
O’g’ling boqsin, kelining sog’sin.
Qarg’ayin desam — yolg’iz,
Qarg’amayin desam — yalmog’iz.
Qiz yetilib, qirg’oqqa ketar,
O’g’il yetilib, yiroqqa ketar.
Qiz — meniki, baxti — o’zganiki.
Qiz puli — sut puli.
Qiz puli — tuz puli.
Qiz saqlaguncha, bir siqim tuz saqla.
Qiz saqlading — o’t saqlading.
Qiz tuqqanga muz tug’ar,
O’g’il tuqqanga kun tug’ar.
Qiz — uyning cho’risi, ham o’g’risi.
Qiz — qo’noq.
Qizginamning erkasi —
Yigitgmarrming serkasi.
Qizi borning baxti bor,
O’g’li borning taxti bor.
Qizim-qizim qiz kishi,
Qizimga kelar yuz kishi.
Qizing o’ssa, uyga yut kelar,
O’g’ling o’ssa, uyga qut kelar.
Qizing o’ssa, qirga ket,
O’g’ling o’ssa, o’rga ket.
Qizli kishi qir oshar.
Qizli uy — bo’ston,
Qizsiz uy — zimiston.
Qizli uy — karvonsaroy.
Qizli uy — nozli uy,
O’g’illi uy — sozli uy.
Qizli uy — qiliqli uy.
Qizli uy — qiron,
O’g’illi uy — davron.
Qizli uyning tili biyron,
Sovchilarning tili tiyron.
Qizni bersang, mardga ber,
Qizg’aldoqday jaynasin.
Qizning bo’yi yetdi — boshingga yov yetdi.
Qiyshiq bo’lsa ham, yo’l yaxshi,
Yomon bo’lsa ham — o’g’il.
Quyon bolasini botirim der,
It bolasini qoplonim der.
Qulunli biya bo’tasiz tuyadan yaxshi.
Qush nima topsa, bolasining og’ziga tiqar.
Qo’zi ma’rab o’sar,
Bola — yig’lab.
Qo’y qo’zichog’i bilan chiroyli,
Xotin — chaqalog’i bilan.
Qo’ng’iz bolasini oppog’im der,
Kirpi bolasini yumshog’im der.