BOKS (ing. box — quti, xona, boʻlma) — 1) biol. da mikroorganizmlar va radioaktiv moddalar bilan ishlash uchun moʻljallangan, belgilangan tozalik, sterillash hamda muhofaza sharoitlari mavjud boʻlgan germetik yoki maxsus kamera;
2) tibbiyotda yuqumli kasallik bilan ogʻriganlikda gumon qilingan bemorlarni boshqalardan alohida yotqizish uchun kasalxonalar va klinikalarda ajratilgan maxsus xona. B. dan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida foydalaniladi (yana q. Izolyator);
3) radioaktiv moddalar bilan ishlash uchun moʻljallangan zich berk xona (kamera); 4) qoʻllarni tiqib ishlashga imkon beradigan teshiklari (2 ta yoki 4 ta) bor zich berk shisha kamera. Uni koʻchirib yursa ham boʻladi;
5) garajlar va sanoat korxonalarida avtomobillar va sinov qurilmalari turishi uchun moʻljallangan boʻlma (xona);
6) telefon taqsimlash shkaflari yoki kabel yashiklarida simlar yoki kabellar kiritiladigan yoki chiqariladigan quti.